Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2020, Тошкент вақти: 05:32

Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi qurolli to‘qnashuv bugun ham davom etdi


Арманистон ва Озарбайжон ўртасидаги қуролли тўқнашув ортида нима бор?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv ortida nima bor?

16 iyul kuni ertalab Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlar davom etdi. Har ikki mamlakat bir-birini o‘z harbiy pozitsiyalariga hujum qilishda hamda aholi punktlarini zambaraklardan o‘qqa tutishda ayblamoqda. Armaniston armiyasi Tavush tumanida Ozarbayjon harbiylari reydi oldi olinganini iddao qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan «Shiddatli otishma ortidan ko‘p yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan dushman qaytarildi», deb yozdi.

Stepanyan buning ortidan Ozarbayjon qo‘shinlari chegara yaqinidagi ikki qishloqni minomyot va gaubitsalar bilan o‘qqa tutganini qo‘shimcha qildi.

16 iyul kuni kotib Facebookda «Otishma ayni damda davom etmoqda. Armaniston Qurolli kuchlari bo‘limlari ozarbayjon provokatorlarni yo‘q qilmoqda», deb yozdi.

Stepanyan, shuningdek, arman qo‘shinlari Ozarbayjonning bir tankini hamda Armaniston harbiy pozitsiyalari va qishloqlarini o‘qqa tutgan ozarbayjon pozitsiyalarini barbod qilganini iddao qildi.

Kotib Armaniston Mudofaa vaziri David Tonoyan Tog‘li Qorabog‘ hududidagi vaziyatni nazorat qilib kelayotgan Yeropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi yetakchisi Anjey Kaspshik bilan telefon orqali muloqot qilganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tonoyan Kaspshikka ko‘p sonli ozarbayjon harbiysi halok bo‘lganini aytgan.

Stepanyan mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 9:00 gacha birorta arman harbiysi halok bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

Ozodlikning arman xizmatiga intervyu bergan Tavush tumani hokimi Hayk Chobanyan Ozarbayjon nafaqat chegara hududidagi qishloqlar, balki Berd shahriga ham hujum qilganini aytdi.

Chobanyan mahalliy aholi jabr ko‘rmaganini, ammo artilleriya hujumlari oddiy fuqarolar uylariga zarar yetkazganini aytdi.

Hokim aholi hayoti xavf ostida emasligini va ularni evakuatsiya qilish shart emasligini qo‘shimcha qildi.

Bu orada Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston kuchlarini chegaradagi ozarbayjon qo‘shinlariga hamda Tavush tumani bilan chegaradosh Tovuz tumanidagi qishloqlarga hujum qilishda aybladi. Vazirlik boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

16 iyul kuni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yana avj olishidan oldin Yevropa Ittifoqi, AQSh va Rossiya har ikki tarafni zudlik bilan to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chorlagan edi.

12 iyul kuni boshlangan to‘qnashuvlarda bugunga qadar umumiy hisobda 15 dan oshiq harbiy halok bo‘ldi.

Asosan etnik armanlar yashaydigan Tog‘li Qorabog‘ 1988–1994 yillardagi urushdan keyin o‘zini Ozarbayjondan mustaqil deb e’lon qilgan. Urushda 30 mingga yaqin odam o‘lgan, yuz minglab odam ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan.

1994 yildan beri mintaqani etnik arman qo‘shinlar boshqarib keladi. Boku ular saflarida Armaniston harbiylari borligini ta’kidlab keladi.

Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini birorta davlat tan olmagan.

XS
SM
MD
LG