Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:54

Pandemiyagacha: 2019 ning 23 iyulida nimalar haqda yozgan edik?


Bir necha oydirki yangi koronavirus, uning yoyilishi, unga qarshi kurash har kunning asosiy mavzui bo‘lib qolmoqda. Har kun eng so‘nggi statistik ma’lumotlar bilan tanishishdan boshlanmoqda. Bugun – 2020 yilning 23 iyulida, Toshkent vaqti bilan soat 12:30 gacha saytimizda e’lon qilingan O‘zbekistonga oid 4 ta yangilikning 3 tasi hamda dastlabki ikki maqolamiz ham kasallik bilan bog‘liq.

Roppa-rosa bir yil muqaddam – 2019 ning 23 iyulida esa, oradan 5 oy o‘tib, dekabrning oxirida Xitoyda yangi koronavirus tarqalgani to‘g‘risida, 8 oy o‘tib esa, kasallik butun dunyoga tarqalishi – pandemiya boshlanishi to‘g‘risida hali hech kim bilmas, odamlar kundalik odatiy tashvishlari bilan band edi.

Bugun pandemiyagacha bo‘lgan kunlarning biri – 2019 ning 23 iyulida yoritganimiz mavzularni yodingizga solmoqchimiz.

2019 yilning 23 iyulida andijonlik fermerlar g‘alla hosilini yig‘ishtirib, topshirganiga bir oy bo‘lganiga qaramay, pulini hanuz ololmagani to‘g‘risida xabar qilgan edik.

2019 yilning 23 iyulida O‘zbekistondagi LGBT jamoasining bir guruh faollari prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘z huquqlarini himoya qilish va mamlakat Jinoyat Kodeksidan “besoqolbozlik” moddasini olib tashlashni so‘rab murojaat qilgan edi.

“Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatining o‘nlab ishchisi 2019 yilning 19 iyulida zavod darvozasini payvandlab qo‘yib, zavod direktori va yuk mashinalarining kirish-chiqishini to‘sib qo‘ygani to‘g‘risida ham 2019 yilning 23 iyulida xabar qilganmiz.

2019 yilning 23 iyulida e’lon qilganimiz mahalliy matbuot sharhida tilga olingan materiallardan birida Buxorodagi Hazrati Imom qabristonida 18 mingga yaqin qabr bo‘lib, 1700 tasi mayitsiz ekanligi, ya’ni o‘limidan oldin “egallab” olingani aniqlangani to‘g‘risida aytilgan.

XS
SM
MD
LG