Линклар

Шошилинч хабар
11 август 2020, Тошкент вақти: 14:30

Rossiya va AQSh uch kun davomida yadroviy qurollar nazorati masalasida muzokara o‘tkazadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi qit’alararo yadroviy kallakli qanotli raketa yaratilganini e’lon qilgan edi. 2018, 1 martida Rossiya TVsida ko‘rsatilgan syujetdan olingan kadr.

28 iyul kuni Vena shahrida AQSh va Rossiya o‘rtasida yadroviy qurollar nazorati bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.O‘tgan oyda muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tgan, unda AQSh va Rossiya vakillari strategik yadroviy qurollarga cheklov qo‘yuvchi New START shartnomasini muhokama qilgan edi.

2010 yili imzolangan New START shartnomasi 2021 yilning fevralida o‘z kuchini yo‘qotadi.

22-23 iyun kunlari Venada bo‘lib o‘tgan dastlabki muzokaralar ortidan Vashington muzokarachisi Marshall Billingsli Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov bilan muzokaralarda sezilarli siljishlar kuzatilganini aytgan edi. Jumladan, Billingsli tomonlar yangi shartnomani ishlab chiqish uchun bir necha texnik guruhlarni tashkil etishga kelishib olganini aytgan.

27 iyul kuni esa AQSh va Rossiya rasmiylari uchrashib, yetti yilda ilk marotaba fazo xavfsizligini muhokama qildi.

AQSh fazoda mas’uliyatli faoliyat yuritish qoidalarini ishlab chiqishni taklif qilmoqda. Bunday qoidalar harbiy faoliyatga doir mavjud qonunlar hamda insonparvarlik prinsiplari asosida tuziladi.

Rossiya va Xitoy esa fazoda harbiy qurollardan foydalanishni man etuvchi xalqaro kelishuvni imzolashga chorlab keladi.

AQSh davlat kotibining xalqaro xavfsizlik va qurollar tarqalishi oldini olish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Kristofer Ford o‘tkazilgan uchrashuv «fazoda xavfsizlik va barqarorlikni oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqishga imkon berishiga hamda mas’uliyatli faoliyat normalarini ishlab chiqish sari eltishiga umid qilishini» aytdi.

Shuningdek, Ford Moskva va Pekin fazoni allaqachon «urush sahnasiga aylantirganini» ta’kidladi.

AQSh va Britaniyani Rossiyani 15 iyul kuni sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolni sinovdan o‘tkazishda ayblab keladi.

Moskva esa bu ayblovlarni rad etib, amaliyot davomida bir yo‘ldosh ikkinchisini tekshirganini bildirdi.

TASS agentligining xabar qilishicha, Vashington va London ayblovlari ortidan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday degan:

- Rossiya fazoni to‘liq qurolsizlantirish hamda fazoda har qanday qurol ishlatilishini taqiqlashni qo‘llab keladi, shunday qilishda davom etadi.

Ammo AQSh va Britaniya harbiylari 15 iyun kun o‘tkazilgan sinov davomida o‘q uzilganini aytmoqda.

Fordning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birinchi marta bunday sinov o‘tkazayotgani yo‘q: Moskva 2017 yilda ham xuddi shunday sinov o‘tkazgan.

XS
SM
MD
LG