Линклар

Шошилинч хабар
25 сентябр 2020, Тошкент вақти: 11:16

Xitoydagi talabalar murojaati ortidan ularni vatanga qaytarish uchun charter reys qo‘yildi


Charter reysi 14 avgust kuni Toshkent-Tyanszin-Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Xitoyda o‘qiyotgan yoki ishlayotgan O‘zbekiston vatandoshlari orasida vatanga qaytish istagida bo‘lganlar uchun 14 avgust kuniga charter reysi qo‘yildi.

Pekindagi O‘zbekiston elchixonasiga ko‘ra, vatanga qaytish istagini bildirgan vatandoshlar ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, charter reysiga faqat shu ro‘yxatga kirganlargina qo‘yiladi.

Elchixona xodimlari hozircha bu ro‘yxatga 282 nafar vatandosh kiritilgani va qaytish istagida bo‘lgan boshqalar ham elchixonaga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Bir hafta avval Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik bir guruh talabalar Ozodlik orqali O‘zbekiston hukumatidan uyga qaytishlari uchun yordam so‘ragan edi.

Yetti oydan buyon Xitoy oliygohlarida karantinda qolayotgan talabalarning aksari moddiy jihatdan qiynalayotganidan shikoyat qilgan.

Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbek talabalarining Ozodlik orqali O‘zbekiston hukumatiga murojaatidan bir hafta o‘tib, ularning uylariga qaytishi uchun charter reysi qo‘yilgani xabari keldi.

Pekindagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy tomoni bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 14 avgust kuni Toshkent-Tyanszin-Toshkent charter reysi qo‘yilishiga erishilgan.

Elchixonaning charter reysi borasidagi e’loni
Elchixonaning charter reysi borasidagi e’loni

Ayni paytda elchixona 14 avgustdagi charter reysiga faqat vatanga qaytish istagini bildirib, murojaat qilganlar ro‘yxatiga kirganlargina qo‘yilishini eslatadi.

Elchixona xodimlarining Ozodlikka bildirishicha, hozirda bu ro‘yxatga 282 nafar vatandosh kiritilgan bo‘lib, vatanga qaytish istagida bo‘lganlardan arizalar qabul qilish davom etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Ozodlik orqali O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilgan Xitoydagi o‘zbek talabalari ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

"Biz charter reysi qo‘yilganini eshitib, juda xursand bo‘ldik. Nihoyat qiyinchiliklardan qutilib, yaqinlarimiz bag‘riga qaytamiz. Bizga yordam bergan elchixona xodimlariga, maslahatlarini ayamayotgan konsul Bobur Yahyoyevga va murojaatimizni yoritib bergan Ozodlik radiosiga Xitoydagi barcha o‘zbek yoshlari nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz", dedi Xitoy oliygohlaridan birida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba yigit.

Ozodlik bog‘langan elchixona mulozimlari ro‘yxatga kirmaganlar va 14 avgustdagi charter reysiga chiptasi bo‘lmaganlardan Tyanszin shahriga kelmaslikni so‘radi.

O‘zbek diplomatlari Xitoy tartib-qoidalariga muvofiq oliygohlardan chiqib ketib, O‘zbekistonga keta olmasdan qaytib kelgan taqdirda oliygoh yotoqxonasiga qayta qo‘yilmasligini ta’kidladi.

“14 avgustdagi charter reysida uchish uchun aviachiptaga ega fuqarolar Tyanszin shahriga yo‘l olishlaridan avval Xitoydagi o‘qish yoki ish joyi rahbariyatini xabardor etishlari so‘raladi”.

Ozodlikka 30 iyul kuni bo‘lgan murojaatda Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik bir guruh talabalar 7 oy davomida karantinda qolib, moddiy jihatdan qiynalayotgani sabab O‘zbekistonga qaytish uchun rasmiy Toshkentdan yordam so‘ragan edi.

Хитойдаги ўзбек талабалари мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:00 0:00

Elchixonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoydan vatandoshlarni olib kelish uchun charter reys oxirgi marta fevralda tashkil qilingan.

Ayni paytda muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish borasida ham muzokaralar o‘tkazilmoqda.

XS
SM
MD
LG