Линклар

Шошилинч хабар
25 сентябр 2020, Тошкент вақти: 18:17

FNQIZ rahbariyati Prezidentga arz qilgan ishchilarga hayitlik berilmaganini pandemiya bilan izohladi


ФНҚИЗ раҳбарияти Президентга арз қилган ишчиларга ҳайитлик берилмаганини пандемия билан изоҳлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:42 0:00

FNQIZ rahbariyati Prezidentga arz qilgan ishchilarga hayitlik berilmaganini pandemiya bilan izohladi

3 avgust oqshomida mamlakat prezidentiga Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati ustidan videoshikoyat yozib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan ishchilar vakili zavod rahbariyatini yolg‘onchilikda aybladi.

Ishchilar o‘z videomurojaatida Qurbon hayiti munosabati bilan an’anaviy yordam puli bu yil berilmagani hamda zavodda yo‘l qo‘yilayotgan boshqa kamchiliklar to‘g‘risida gapirgan.

Zavod kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ozodlik bilan suhbatda yuzaga kelgan vaziyatni korxona rahbariyati joriy iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, ishchilarga yordam puli berishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qilganini, bunday chora ishchilar bilan tuzilgan jamoaviy shartnomada ko‘zda tutilganini aytdi. Zavod rasmiy vakilining aytishicha, ishchilarga Mustaqillik bayramiga mukofot puli berishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tun qorong‘usida yozilgan 2.30 daqiqali videoda taqriban 30 kishi – erkaklar va ayollar aks etgan.

Prezidentga tungi murojaat

Video yuziga tibbiy niqob taqqan ayollardan birining gapi bilan boshlanadi. U yig‘ilganlar prezidentga zavodning 7000 ishchisi nomidan murojaat qilayotganini aytadi. Ayol zavod rahbariyati Qurbon hayiti munosabati bilan an’anaviy yordam puli bu yil berilmaganidan shikoyat qiladi.

Ayolning aytishicha, ular masalani kunduzi hal qilish uchun korxona bosh direktori qabuliga kirishga uringan. Biroq “SNBdan, qorovullarni qo‘yib tashlagan, shuning uchun kunduzi iloji bo‘lmaganidan ikkinchi smenadan chiqqanlaridan keyin soat 12.00da murojaat qilishga” majbur bo‘lishgan.

Norozi ishchilarning yana bir vakili - boshqa ayol “pul u yoqda tursin , quruq yozuv bilan ham Qurbon hayiti bilan tabriklab qo‘yishmadi, axir zavodning tayyor monitori turibdi” ¸deydi.

So‘z navbatini yana birinchi ayol olib, zavodni avvalgi rahbariyat boshqargan paytda bayram pullarini berishda hech qachon uzilish bo‘lmaganini aytadi.

“Zavod Jizzax petroleum tarkibiga kirganidan beri zararga kirdi” deydi ayol. U zavodning o‘rta bo‘g‘in rahbarlaridan biri aytganlariga tayanib, zavod 61 mlrd so‘m zarar ko‘rganini aytadi. Norozilar spikeri o‘z murojaati oxirida Prezidentdan Jizzax petroleumning ortida kim turganini aytishni, zavodning oldingi rahbarini ish joyiga qaytarishni so‘raydi.

Фарғона нефтни қайта ишлаш заводи ишчиларининг президентга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

Faol ayollardan biri - Feruza Umurzoqova, Farg‘ona shahar hokimligi hamda zavod vakilining bayonotlari

Ozodlik Prezidentga videomurojaat yo‘llagan faol ayollardan biri Feruza Umurzoqova bilan 6 avgustda gaplashdi.

Umurzoqova bilan suhbat arafasida (5 avgustda) Farg‘ona shahar hokimligi FNQIZdagi vaziyat yuzasidan o‘z Telegram kanalida bayonot tarqatdi.

Unda “zavodda bugungi kunda 7003 nafar xodim faoliyat yuritib kelib, ularga har oyda 3-3,5 mln so‘m o‘rtacha ish haqi o‘z vaqtida to‘lab kelinmoqda” deyilgan.

Feruza Umurzoqova hokimlikning bu bayonotini yolg‘on deb atadi.

“Shaxsan men 1 800 000, 2 000 000 so‘m oylik olaman”¸dedi u.

FNQIZ Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Abdullayev 6 avgustda Ozodlik savollariga javob berarkan, Farg‘ona shahar hokimligining bayonotida keltirilgan o‘rtacha oylik to‘g‘risidagi ma’lumotni hujjatlar bilan isbotlashga tayyorligini bildirdi.

Hokimlik bayonotida “o‘tgan Ramazon hayiti bayramida har bir xodimga mukofot pullari to‘lab berilgan”i eslatilgan. Ishchi ayolning aytishicha esa, nafaqat o‘tgan yil Ramazon hayitida, balki har bayram munosabati bilan bayram puli berilib kelgan.

“Shaxsan men 13 yildan beri ishlayman. 13 yildan beri bayram puli olib kelaman. 1 mln 200, 1 mln 300 ming so‘mdan olganmiz. 8 martda 800 ming so‘mdan olganmiz. Hatto erkaklargayam berilgan”.

Feruza Umurzoqovaning aytishicha, har yili mehnat ta’tili oldidan beriladigan yordam puli ham bu yildan bekor qilingan.

Farg‘ona shahar hokimligi o‘z bayonotida yordam pullarining to‘xtatilishini “pandemiya davrida zavodda ishlab chiqarilgan yonilg‘i mahsulotlariga talab keskin kamayganligi sababli daromad miqdoriga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan”i bilan izohlagan.

Xuddi shunday izohni Ozodlik FNQIZ Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Abdullayevdan ham eshitdi.

ФНҚИЗ Кадрлар бўлими бошлиғи Алишер Абдуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:02 0:00
Бевосита линк

FNQIZ ishchilarining 3 avgust oqshomida Prezidentga qilgan videomurojaatiga zavod rahbariyati operativ munosabat bildirdi. Tarmoqda zavod direktori o‘rinbosari Behzod Mo‘minovning ham vaziyat yuzasidan videoizohi e’lon qilindi.

Фарғона нефтни қайта ишлаш заводининг ишчилар мурожаатига баëноти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:40 0:00

Buyog‘i nima bo‘ladi?

FNQIZ Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Abdullayev Ozodlik bilan suhbatda zavod xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan korxonaning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda mukofot pullari berilmasligi to‘g‘risida ogohlantirilganini, bu chora vaqtinchalik, ya’ni sentabrgacha ekanligini aytdi.

Sentabrdan ahvol o‘zgaradimi, mukofot pullari tiklanadimi? Bu savolga javoban zavod rasmiy vakili bunday dedi:

“Bu masala iqtisodiy vaziyatga bog‘liq. Agar zavodimiz hozirgi ahvolidan ham rivojlanib ketsa, to‘lanadi”.

Ozodlik FNQIZda chiqqan boshqa mojaro haqda 50 kun oldin yozgan edi

FNQZ ishchilarining Prezidentga 3 avgust kungi videoshikoyati bu korxona ishchilari va rahbariyati o‘rtasidagi birinchi mojaro emas.

Ozodlik yaqindagina – 18 iyunda zavodning 280 dan oshiq ishchisi O‘zbekiston prezidenti nomiga shikoyat maktubi yozgani uchun ularning aytganlariga tayanib xabar qilgan edi.

Prezident portaliga 20 aprelda yo‘llangan xatda zavodning Jizzakh Petroleum MChJga besh yillik ishonchli boshqaruvga berilgani ortidan boshlangan keskin o‘zgarishlardan norozilik bildirilgan.

Maktubni imzolgan ayol ishchilardan biri Ozodlikka o‘zining Farg‘ona IIB tergovchisi tomonidan so‘roq qilinganini, boshqalari zavod ma’murlari tomonidan ishdan bo‘shatilib¸ jinoyat ishiga tortilish bilan qo‘rqitilayotganini aytgan edi.

Markaziy Osiyodagi eng katta zavod yangi egasi kim?

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi¸ uning o‘z rasmiy saytida yozilishicha¸ yonilg‘i-surkov materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biridir.

Bu zavod uzoq yillar O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qayinsinglisi Tamara Akbarova va uning o‘g‘li Akbarali Abdullayevlar orqali birinchi oila nazoratida bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga qo‘ygan rasmiy ayblar orasida ayni zavodning 40 milliard so‘mdan ortiq pulini o‘zlashtirganlik ham bor.

FNQIZ va boshqa muhim strategik obyektlardan qariyb 1 milliard dollarga yaqin davlat mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblangan Akbarali Abdullayev Mirziyoyev hukumati tomonidan qidiruvga berilgan va hozirda chet elda bekinib yashab yuribdi.

Mirziyoyevning FNQIZga qilgan safari haqida yozgan prezident matbuot xizmati¸ 2019 yilning 6 may kuni prezidentning Aslanov bilan birga tushgan suratini e’lon qilgan va “PT Trans Asia Resources” kompaniyasining zavodga 2022 yilgacha kamida 875 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishini xabar qilgan edi.

Ammo Ozodlik gaplashgan zavod ishchilariga ko‘ra¸ ota-bola Aslanovlar prezident bilan zavodda ko‘ringanidan so‘ng yana bir oydan ko‘proq FNQIZ ishi bilan tanishgan va shundan so‘ng qaytib kelmagan.

2020 yilning 7 fevral kuni¸ prezidentning 4275-sonli qarori hali kuchda qolayotgan bir paytda¸ O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi FNQIZ va Jizzakh Petroleum MChJ bilan uch tomonla kelishuv tuzdi (rus tilidagi bu hujjat nusxasi Ozodlikda mavjud). Mazkur kelishuvga ko‘ra¸ FNQIZ besh yillik ishonchli boshqaruvga Jizzakh Petroleum MChJga olib berildi.

Ozodlik Jizzak Petroleum MChJ ning kimga oidligi¸ O‘zbekistondagi eng yirik yonilg‘i zavodining qaysi asos va qaysi yo‘l bilan nega aynan shu MChJga berilganiga oid savollarga Ozodlik javob topishga urinmoqda, lekin hozircha topgan emas.

Bu savollarga norasmiy manbalardan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra¸ nafaqat O‘zbekiston¸ balki butun mintaqadagi eng yirik zavod bo‘lgan FNQIZning yangi egalari postKarimov hokimiyatining eng tepasiga aloqador shaxslardir.

XS
SM
MD
LG