Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:25

Hujjatlar: Uchquduqda 4 kunda 329 kishidan 244 nafarining Covid-19 testi musbat chiqdi


Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik markazida (SEOM) kerakli uskuna yo‘qligi uchun Covid-19 testlari Zarafshon shahri (suratda) SEOMda o‘tkazilmoqda.
Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik markazida (SEOM) kerakli uskuna yo‘qligi uchun Covid-19 testlari Zarafshon shahri (suratda) SEOMda o‘tkazilmoqda.

Navoiy viloyatining 37 ming 100 kishi yashaydigan Uchquduq tumanida o‘tgan oyning to‘rt kunida o‘tkazilgan Covid-19 testlari 244 bemorda musbat natija ko‘rsatdi. O‘sha to‘rt kunda jami bo‘lib 329 kishi koronavirus testidan o‘tgan. Covid-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon tumanda jami necha kishi bu infeksiyaga chalingani ma’lum emas.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida 6 avgustgacha jami 465 kishiga virus yuqqan, ulardan 424 nafari sog‘aygan, 4 kishi vafot etgan.

Aholisi oz Uchquduq tumanidagi 4 kunlik ko‘rsatkich butun viloyat bo‘yicha “mavsum boshidan beri” yig‘ilgan ko‘rsatkichning yarmidan ko‘p ekanligini mahalliy vrachlar Covid-19 ga o‘tkazilgan birinchi test natijasi rasmiy statistikaga kiritilmasligi bilan izohladi.

Uchquduq tumanida yashovchi 329 bemor Covid-19 testi topshirgani va ulardan 244 nafarining natijasi musbat chiqqani Ozodlikka Zarafshon shahar SEO markazi laboratoriyasida 19, 22, 23 va 26 iyul kunlari o‘tkazilgan tahlillar natijalariga oid 5 ta hisobotdan ma’lum bo‘ldi (22 iyul bo‘yicha ikkita hujjat).

Excel dasturida to‘ldirilgan hujjatlarni Ozodlikka 6 avgustda taqdim etgan uchquduqlik ayol o‘z ishini “Uchquduq tumanida Covid-19 tashxisi bilan kasallanganlar va vafot etganlar soni yashirilib kelinayotgani, vaziyatdan jamoatchilik xabardor bo‘lishi kerakligi” bilan izohladi. Uning xabar qilishicha, koronavirusdan o‘zining turmush o‘rtog‘i ham o‘tgan oyda vafot etgan. Uchquduqlik marhum turmush o‘rtog‘ining shaxsiga oid barcha ma’lumotlarni ham Ozodlikka xabar qildi.

Zarafshon shahar SEO markazi laboratoriyasida o‘tkazilgan test natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarda:

test topshirgan bemorning ism-familiyasi; tug‘ilgan sanasi; telefon raqami; yashash manzili; ish joyi; qaysi tibbiyot muassasiga kelgani;test o‘tkazilgan sana va nihoyat test natijasining manfiy yoki musbatligi ko‘rsatilgan.

Quyida e’lon qilinayotgan hisobotlarda Ozodlik bemorlar shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘chirdi:

Hujjatlarga ko‘ra:

19 iyulda jami 118 bemor testi natijasi chiqqan, 63 kishiniki – musbat;

22 iyulda: jami 93, musbat – 83;

22 iyul (ikkinchi hujjat): jami 74, musbat – 46;

23 iyul: jami 37, musbat – 15;

26 iyulda esa, jami 37, musbat 37;

Shunday qilib, 4 kunda jami 329 bemorning test natijasi ma’lum bo‘lgan, ulardan 244 nafariniki musbat chiqqan.

Ozodlik gaplashgan uchquduqlik ikki vrach Covid-19 ga test o‘tkazish uchun Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik markazida (SEOM) sharoit yo‘qligini, shuning uchun testlar Zarafshon SEOMda o‘tkazilayotganini bildirdi.

Ismlari, ish joylari mutlaqo sir tutilish sharti bilan Ozodlikning ba’zi savollariga javob bergan uchquduqlik ikki vrach tumandagi Covid-19 bilan bog‘liq joriy vaziyat yuzasidan gapirishdan bosh tortdi.

Biroq har ikkalasi ham test natijalariga oid hisobotlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni Ozodlikdan eshitgach, shunday hujjatlar mavjudligini tan oldi.

Bas, shunday hujjatlar bor ekan, nega ulardagi natijalar rasmiy statistikada aks etmayapti? Ozodlikning bu savoliga ikkala vrach ham bir-biridan mustaqil ravishda bir xil javob berdi:

“Birinchi testda musbat chiqqani hali bemor Covid-19 ga chalindi, degani emas. Bir haftadan keyin yana musbat chiqsa va yana isitma chiqayotgan bo‘lsa, bemor Zarafshonga olib boriladi. Ungacha o‘zimizdagi provizor markazida Covid-19 ga gumonlanuvchi sifatida yotadi. Ikkinchi testda ham natijasi musbat chiqqanlar respublika statistikasiga kiritiladi”.

Ozodlik uchquduqlik bemorlarni Covid-19 ga test qilgan Zarafshon SEOM bilan bog‘lana olmadi.

Ozodlik test hisobotlarida ismlari keltirilgan bemorlarning ba’zilari bilan gaplashdi. 1972 yilda tug‘ilgan D.Yu.ning test natijasi 26 iyulga oid hisobotda “musbat” ko‘rsatilgan. Uning 6 avgustda Ozodlikka aytishicha, kasalxonaga 23 iyulda yotgan, testni 24 iyulda topshirgan. Kasalxonada 12 kun yotib chiqqan. Vrachlar unga yana retsept yozib bergan va muolajani uyida davom ettirishi mumkinligini aytgan.

1969 yilda tug‘ilgan Yuldasheva Nodiraning testi musbat chiqqani 22 iyul kungi hisobotdan ma’lum bo‘ldi. Ism-familiyasini yashirishni istamagan ayol 16- chidan 24 iyulgacha kasalxonada yotganini, Covid-19 ga hammasi bo‘lib faqat bir marta test topshirganini aytib berdi.

Учқудуқлик Нодира Юлдашева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:48 0:00
Бевосита линк

Nodira Yuldasheva suhbat davomida kutilmaganda koronavirus yuqqan turmush o‘rtog‘i, yoshi 60 dagi Yo‘lchiboy Karimov kasalxonada vafot etganini aytdi.

Covid-19 testi natijalariga oid 4 kunlik hisobotlarni Ozodlikka taqdim etgan ayol ham eri shu kasallikdan o‘lganini yozdi. Demak, Uchquduqda kamida ikki erkak Covid-19 dan vafot etdi.

Ozodlik 6 avgustda gaplashgan uchquduqlik ikki vrach koronavirusdan shu kungacha hech kim o‘lmaganini iddao qildi.

Bu navoiylik tibbiyot xodimlarining viloyatda koronavirusga chalingan va o‘lganlar haqiqiy sonining yashirilayotgani haqidagi iddaolarni tasdiqlash maqsadida Ozodlikka bunday hujjatlarni birinchi marta yuborishi emas.

Iyun oyi oxirida Ozodlikka Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi mulozim tomonidan taqdim etilgan test natijalari va ular haqdagi protokol nusxalari bu hududda COVID-19 virusga chalinganlar soni rasmiy statistikadan bir necha baravar ko‘pligini ko‘rsatgan edi.

XS
SM
MD
LG