Линклар

Шошилинч хабар
27 сентябр 2020, Тошкент вақти: 09:22

OzodNazar: “6 sekund” videosi muallifini Jahongir Ortiqxo‘jayevdan uzr so‘rashga nima majbur qildi?


Zafar Solijonov

Sarlavhaga chiqarilgan savolni, kunning boshqa dolzarb savollari qatorida, OzodNazarning yangi suhbatdoshi, o‘zbekistonlik taniqli jurnalist va blogerlardan biri Zafar Solijonovga berdik.

OzodNazar: “6 секунд” видеоси муаллифини Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан узр сўрашга нима мажбур қилди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:46 0:00
Бевосита линк

Namanganlik dizayner Shavkat Egamberdiyev Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va unga mansub bo‘lgan Akfa, Artel shirkatlari haqidagi hajviy videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgani uchun uzr so‘radi.

“Gazeta uz”ning 2 sentabrda xabar berishicha, dizayner Troll.uz tarmog‘i orqali 31 avgustda ommalashgan videoni ham 1 sentabrda o‘chirib tashlagan.

“Videoda «6 sekund» deb yozilgan taksini va avtomashina orqa oynasida pushti rangdagi kalta paypoqni ko‘rish mumkin. Undan keyin video muallifi Shavkat Egamberdiyev yelkasida konditsioner ko‘targan holda ko‘rinish beradi va cho‘ntagidan bir nechta dollar valyutalarini chiqarib, havoga sochib yuboradi. Sochilgan pullar CARTEL va BRAKFA yozuvlari aks ettirilgan ikkita bino tomon uchadi. Shuningdek, CARTEL binosining pastida «lyubaya monopoliya xorosha» va «duxa net» shiorlari yozilgan. Banknotalar shamol parraklari tomon uchadi, boshqa tomondan esa maishiy texnika vostilari chiqadi. BRAKFA deb yozilgan bino tom qismida kostyum kiygan bitta erkak (taxminlarga ko‘ra, hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev) Gangnam Style uslubida raqsga tushmoqda”, - deb tasvirladi videoni nashr.

“Tirikchilik qilish kerak. Shunga Instagram dagi «podpischik"larimni ko‘paytiraman deb, «desheviy xayp» qilaman deb Akfa va Artel, va shu jumladan Toshkent hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayevga qilingan videoroligim judayam katta xato bo‘ldi. Bundan, albatta, afsusdaman”, -deb uzr so‘radi dizayner.

Troll.uz blogining muallifi Umid Gafurov video muallifi Shavkat Egamberdiyevga bosim o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Biroq Artel brendini rivojlantirish ishlari bo‘yicha rahbar Ramziddin Qo‘chqorov “Gazeta uz”ga dizaynerga tahdidlar qilinganligi va undan videoni Instagram dan o‘chirishni talab qilinganligi to‘g‘risidagi taxminlar hech qanday asosga ega emasligini aytgan.

XS
SM
MD
LG