Линклар

Шошилинч хабар
28 сентябр 2020, Тошкент вақти: 12:58

Kaliforniyada yong‘inlar aholi punktlariga tahdid solmoqda


Kaliforniya shtati shimolida bir oydan beri o‘rmonlar yonmoqda. Joriy haftada «Avgust kompleksi» nomi berilgan yong‘inlar shtat tarixidagi eng yirik yong‘inga aylandi.

AQSh O‘rmon xo‘jaligi xizmati «Avgust kompleksi» tufayli 2000 km2 ga yaqin maydon kuyib ketgani, yong‘inlarning atigi 24 foizi o‘chirilganini bildirdi.

«Avgust kompleksi» yong‘inlari 17 avgust kuni Mendosini milliy o‘rmonida boshlangan.

Tinimsiz kengayib borayotgan yong‘in Kaliforniya shtati tarixida qayd etilgan eng yirik yong‘indir.

Yong‘inga qarshi kurashayotgan bir nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi.

Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish boshqarmasiga ko‘ra, «Avgust kompleksi» yong‘iniga qarshi kurashga 1100 dan oshiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Shtat bo‘ylab esa yong‘inlarga qarshi 14 ming o‘t o‘chiruvchi kurashmoqda.

Yong‘inlar aholi yashaydigan punktlarga tahdid solmoqda.

Avgust oyi o‘rtasidan beri Kaliforniya shtatida yong‘inlar kamida 12 nafar amerikalik umriga zomin bo‘ldi. Shuningdek, 3 600 dan oshiq imorat yonib, kul bo‘ldi.

Vashington shtatida esa 1 yoshli bola halok bo‘lgani xabar qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, Kaliforniyada avgust oyida yong‘inlar boshlanganidan beri 12 nafar odam bedarak yo‘qolgan.

Rasmiylar shtat bo‘ylab 20 mingdan oshiq odamni evakuatsiya qilishga va ehtiyot choralarini ko‘rishga chorladi.

Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. 2018 yilgi «Kemp yong‘ini» 85 nafar odam umriga zomin bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG