Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2020, Тошкент вақти: 14:36

Geylarga qarshi kurashgan skinxed-neonatsist rus qamoqxonasida o‘lik holda topildi


Maksim Marsinkevich

Rossiyalik skinxed-neonatsist Maksim Marsinkevich Chelyabinskda tergov izolyatorida o‘lik holda topildi. 16 sentabr kuni Jazoni ijro etish federal xizmati Marsinkevich bir kun oldin o‘lik holda topilganini ma’lum qildi.

«Tesak» («Xanjar») laqabi bilan tanilgan Marsinkevich 10 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi.

Ayrim nashrlar ismi oshkor qilinmagan rasmiylarga tayangan holda Marsinkevich o‘z joniga qasd qilganini xabar qildi.

Ammo Marsinkevichning advokati Ivan Sidorov bu xabarlarni rad etdi. Sidorov mijozi o‘zini o‘ldirishi uchun asos bo‘lmaganini, agar chindan shunday bo‘lgan bo‘lsa, unga «birov yordam berganini xulosa qilish mumkinligini» aytdi.

Sidorovning so‘zlariga ko‘ra, Marsinkevich Chelyabinskdan Moskvaga olib ketilayotgan, poytaxtda u 1999 yil sodir etilgan jinoyat bo‘yicha ko‘rsatma berishi rejalashtirilgan edi.

Marsinkevich ekstremistik «Format-18» tashkilotiga va gomofob «Okkupay-pedofilyay» harakatiga asos solgan. «Okkupay-pedofilyay» harakati gomoseksuallarni «davolashni» o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

2013 yilda Internetda Marsinkevich va uning tarafdorlari bir necha geyni haqorat qilib, do‘pposlagani aks etgan videolar tarqalishi ortidan jinoyat ishi ochilgan edi.

2018 yilning dekabrida Moskva sudi Marsinkevichni o‘g‘rilik va bezorilikda aybdor deb topib, 10 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

Undan oldin Marsinkevich uch marta ekstremizmda aybdor deb topilgan.

Kreml tanqidchilar hukumatni muxolifat namoyishlarini bostirishda Marsinkevich guruhidan foydalanishda ayblab keladi.

XS
SM
MD
LG