Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2021, Тошкент вақти: 10:35

Kamchatkadagi Avacha ko‘rfazi ifloslanishi holati yuzasidan tergov boshlandi


Avacha ko‘rfazida suv ifloslanishi holati mahalliy hukumat tomonidan yashirilgan.

Rossiya Baliqchilik federal agentligining mahalliy bo‘limi Kamchatka yarimorolidagi Avacha ko‘rfazida suv ifloslanishi holati bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atdi.

Kamchatkada xizmat tashrifi bilan borgan Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Irina Yarovayaning so‘zlariga ko‘ra, ifloslanish haqida xabar tarqalishi ortidan mahalliy hokimiyat tegishli choralarni ko‘rmagan.

Avvalroq viloyat gubernatori Vladimir Solodov ifloslanish holatini yashirishga uringan mansabdorlar ishdan bo‘shatilganini aytgan edi.

Sentabr oyi oxirida guvohlar Xalaktir plyajida suv rangi o‘zgargani haqida xabar qildilar. Mahalliy syorferlar suvga tushishganidan keyin ko‘zlari qizarib, terilari achisha boshlaganini aytishdi.

Mahalliy aholi esa ijtimoiy tarmoqlarda qirg‘oqda to‘plangan dengiz hayvonlari fotosuratlarini ulashdi. Sohil yaqinidagi suvlarda neft mahsulotlari bilan ifloslanish darajasi normadan uch yarim martaga yuqori ekanligini, fenol ko‘rsatkichi esa normadan ikki yarim martadan ko‘proq ekanligi aniqlandi.

Jurnalist Yuriy Dud Instagramda Kamchatka sohillari yaqinida vertolyotdan olingan videoni ulashdi. Dud videoda to‘kilgan neft mahsulotlarini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

Gubernator Solodov esa Instagramda ifloslangan ko‘rfazdagi vaziyat «okeanning o‘zini-o‘zi tiklash qobiliyati» tufayli «ancha yaxshilanganini» ta’kidladi.

«Bugungi kunda Avacha ko‘rfazidagi vaziyat yaxshi, deb ayta olaman. Odamlar dengiz bo‘yida dam olishmoqda va umuman olganda, okeanning o‘ziga xos tiklanish qobiliyati tufayli vaziyat normallashmoqda. [Hodisa] sabablarini to‘liq va puxta o‘rganishga harakat qilamiz, ammo vaziyat so‘nggi kunlarda sezilarli darajada yaxshilanganini ayta olamiz», - dedi gubernator o‘z videomurojaatida.

Solodov avvalroq aholini qirg‘oqqa sayohat qilmaslikka chorlagan edi. Bu orada mutaxassislar 250 kg suv, qum, cho‘kindi jinslar hamda nobud bo‘lgan mollyuska va jonivorlar namunalarini to‘pladi.

Namunalar Moskvada toksikologiya, kimyo va biologiya markazlari xodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Mutaxassislar bu hodisa Kamchatkada Tinch okean floti bazasi borligi bilan bog‘liqligini taxmin qilmoqdalar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, chuqur suvda yashovchi jonivorlar ham nobud bo‘lgani u yerda uzoq vaqt davomida neft mahsulotlari to‘planganini anglatadi.

XS
SM
MD
LG