Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 04:39

"Profelite IMP firmasiga ishonib, aldanib qolgan 300 kishi pulini ololmayapti"


Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi 43 yashar Baxtiyor Ahmedov Koreyaga ishga ketish maqsadida Profelite IMP xususiy bandlik agentligiga pul berib, aldanib qolgan 300 kishidan biri.

Baxtiyor Ahmedov OzodMikrofon dasturiga bog‘lanib, aldanganlarga pul undirilishi sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, ularga pullari qaytarilmayotganidan shikoyat qildi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00
Бевосита линк

“2019 yil 13 mart kuni ushbu firmaga 39 million so‘m pul berganman. Televizor orqali reklama qilganiga ishonib, aldandik. O‘zim kompyuterxona ochib, tadbirkorlik qilayotgandim. Playstation ni sotib, pulini shu firmaga berdim. Qo‘shnim Shahobiddin aka uyini garovga qo‘yib, qarz olgan. Yana bir qo‘shnim yer uchastkasini sotgan. Mahallamizdan 5 kishi shu firmaga aldangan. Sud hukmida “jabrlanganlarga pul undirib berilsin”, deyilgan. Lekin kimdan undiradi? Profelite IMP rahbari va uning qarindoshlari chet elda qochib yuribdi. Shu firmadan aldangan 300 kishi 20 - sentabr kuni Vazirlar Mahkamasiga oldiga bordik. Mutasaddilar chiqib, “sud hukmi kuchga kirgach, pullaringizni olasizlar”, dedi. Sud hukmi 24 - sentabr kuni kuchga kirdi. Mana ikki hafta bo‘lyaptiki, bitta ham odam pulini olmadi. Bizning pulimizni tezroq berishlarini talab qilamiz”.

Sud hukmiga ko‘ra, xorijga qochib ketgani aytilgan Profelite IMP agentligi rahbari Ibrohim Jonuzoqov firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.

Ushbu agentlikka 300dan ziyod kishi jami 9 milliard so‘m berib, aldanib qolgani aniqlangan.

-------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG