Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2021, Тошкент вақти: 19:09

OzodMikrofon:“Harbiy ukamning o‘zini osganiga ishonmayman. Prokuratura bu holatni to‘liq o‘rganmadi”


Shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tayotgan Jasurbek Elmurodov 25 yoshda edi.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Akbar Elmurodovning aytishicha, uning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan ukasi boshqa harbiy qismga o‘tkazilganidan uch kun o‘tib, kazarma yerto‘lasida osilgan holda topilgan.

“Ҳарбий укамнинг ўзини осганига ишонмайман. Прокуратура бу ҳолатни тўлиқ ўрганмай жиноят иши очмади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:26 0:00
Бевосита линк

Akbar Elmurodov ukasining, tergovchilar aytganidek, o‘zini osganiga ishonmasligini va bu holat o‘rganilmasdan, bosti-bosti qilinayotganidan arz qildi:

“Ukam 25 yashar Elmurodov Jasurbek Dilmurodovich 31405 - harbiy qismda 06.07.2020 - yil kuni vafot etdi. Ukamning o‘lim sababi ochiqligicha qoldirildi. Termiz harbiy prokurori Sh.Toshmatov jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish bo‘yicha qaror chiqaribdi. Termiz prokurori tergovchisi R.Sobirovning tekshiruvi qoniqarsiz.

Ukam 2 yil mobaynida Surxondaryo viloyati Kakaydi qo‘rg‘onidagi 54831 - harbiy qismda kontrakt bo‘yicha xarbiy xizmatni o‘tadi. 31405 - harbiy qismga o‘tkazilgandan so‘ng 3 kundan so‘ng o‘zini osgan emish. Biz bunga ishonmaymiz, chunki ukam bu harbiy qismga o‘tganidan keyin gaplashganimda uning xursandchiligini cheki yo‘q edi. Doim hayotdan zavq olib yashaydigan, aqlli, sportchi ukam hech qachon o‘zini osmagan bo‘lardi. Harbiy qismda nimadir bo‘lganu, buni bizdan yashirishyapti, deb o‘ylaymiz.

Harbiy qism qo‘mondoni ukamni jinnilikda ayblabdi.

Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi R.Sobirovning jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilinganligi haqidagi qarori.
Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi R.Sobirovning jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilinganligi haqidagi qarori.

Qurolli kuchlar tizimini Qamashi tumani bo‘yicha ozgina tahlil qilib o‘rganganimda, xarbiy qismda o‘z joniga qasd qilish holatlari 1991-2020 - yillar oralig‘ida 160 tadan ko‘proq ekan. Nimaga harbiy qismda mustaqillik davrida xizmatchi o‘z joniga qasd qiladi?. Sabablari ochiqligicha qoladi, hech kim qiziqib, nazoratga olmaydi.

Hurmatli O‘zbekiston prezidenti , O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bosh prokuror, sizlardan iltimos ukamning o‘limiga sababchi bo‘lgan aybdorlarni aniqlab, qonunan javobgarlikka tortilsin".

XS
SM
MD
LG