Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:21

Gulistondagi Covid-19 markazida portlash: yaralanganlar bor (VIDEO)


Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz.
Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz.

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus markazida 7 - oktabr kuni ertalab kislorod balloni yorildi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Covid-19 markazidagi 10 tonnalik kislorod sisternasining portlashi oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam yaralangan, yaqin atrofdagi binolar shikastlangan.

Jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytiladi.

Ammo, O‘zbekiston rasmiylari portlash oqibatida o‘lim xolati bo‘lmaganini aytmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash ovozi va to‘lqini Guliston shahrining butun qismida eshitilgan va sezilgan.

Sport majmuasiga yaqin uylardagi va do‘konlarning derazalari sinib ketgan.

Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid 19 markaz.
Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid 19 markaz.

Sirdaryo viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:13 da sodir bo‘lgan.

Ammo, hokimlik rasmiylari portlash oqibatida o‘lim xolati bo‘lmaganini aytmoqda.

"Kislorod balloni yorilishi oqibatida hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, fuqarolarga tan jarohati yetgan. Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan", deyiladi Sirdaryo hokimligining portlash yuzasidan birlamchi bildiruvida.

Гулистондаги портлаш кучи 1 километр радиусдаги биноларнинг ойналарини синдирган.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:29 0:00

Guvohlarga ko‘ra, portlash kuchi 1 kilometr radiusdagi binolarning oynalarini sindirgan.

Hodisa markazidan 700 metr chamasi uzoqda yashashini aytgan gulistonliklardan birining so‘zlari ko‘ra, ular yashaydigan uyning derazalari chilparchin bo‘lgan.

Портлашдан спорт мажмуаси тернажор зали вайрон бўлган.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

Ozodlikka yo‘llangan videolarda portlash oqibatida sport majmuasiga yaqin do‘konlarga shikast yetkazilgani ko‘rinadi.

портлаш кучи дўконлар ойналарини синдирган.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:24 0:00

Majmuaga yaqinroqdagi to‘yxona binosi ham portlashdan zarar ko‘rgani aytilmoqda.

Portlash yaqin atrofdagi mashinalarga ham shikast yetkazgan.

Gulistondagi Covid markaz atrofida turgan mashinalar ham portlashdan shikastlangan.
Gulistondagi Covid markaz atrofida turgan mashinalar ham portlashdan shikastlangan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 dan ortiq tez yordam mashinasi safarbar qilingan, atrof ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan.

Majmuada koronavirusdan davolanayotgan bemorlar Respublika Shoshilinch Tibbiyot Yordam markazi Sirdaryo viloyati filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga ko‘chirilgan.

Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz. Jarohatlanganlarning aksari koronavirusdan davolanayotgan bemorlar ekani aytilmoqda.
Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz. Jarohatlanganlarning aksari koronavirusdan davolanayotgan bemorlar ekani aytilmoqda.

Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi kamida bir kishi jarohatlanganini xabar qilgan edi.

“Birlamchi ma’lumotlarga qaraganda hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib , bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan. Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan”,- deyiladi rasmiy xabarda.

Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasi aprel oyidan faqat koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus klinikaga aylantirilgan edi.

Kislorod sisternasi portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Portlash ro‘y bergan joydan olingan suratlarda o‘nga yaqin kislorod ballonlari yotganini ko‘rish mumkin.

Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz.
Gulistondagi portlash ro‘y bergan Covid markaz.

Gulistondagi Covid 19 markazida kislorod sisternalari qayerdan olib kelib, o‘rnatilgan va ularning yorilishiga nima sabab bo‘lgan?

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylaridan bu haqda izoh olib bo‘lmayotir.

O‘zbekistondagi sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan jihozlangan kasalxonalarida kislorod balloni portlashi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q.

O‘tgan oy boshida Ozodlik Toshkent viloyati Bekobod shahri kasalxonasida kislorod balloni portlashidan sun’iy nafas olish qurilmasiga ulangan to‘rt bemorning bir kunda o‘lgani haqida xabar qilgandi.

Marhumlarning yaqinlariga ko‘ra, kislorod ballonda portlash yuz berib¸ sistema kislorodsiz qolgan va o‘lim yuz bergan.

Bundan avval Ozodlik bilan suhbatlashgan ba’zi kasalxonalardagi bemorlarning yaqinlari sun’iy nafas beruvchi apparatlarni to‘ldirish uchun kislorod yo‘qligi sabab gaz payvand ishlarida ishlatiladigan kislorodni sotib olib berishayotganini aytishgandi.

Марғилон касалхонасида кислород таъминоти ҳам беморнинг ўзига юклатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonning ayrim shifoxonalarida esa elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab, sun’iy nafas olish qurilmasi ishlamay qolib, bemorlarga qarindoshlari qurilmani qo‘li bilan siqib, kislorod berishga majbur bo‘lgani haqida Ozodlik ilgari xabar bergan.

XS
SM
MD
LG