Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:03

OzodDayjest: Toshkentdagi to‘yda to‘pponchadan kim “o‘q uzgani” ma’lum bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqaldi.

Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga yangi taxallus tanladi. Jaloliddin Manguberdi roliga nega turk aktyori tanlanganiga oydinlik kiritildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Matbuot: Lola Islomovnaga “Karimova” familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?

O‘zbekiston birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi (www.xabar.uz, 4 - oktabr).

Endi u ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini “Lola Till” imzosi bilan chop etadi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Islom Karimov vafotidan so‘ng Lola Karimova-Tillayeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo‘nim topib, o‘sha yerda tinch va farovon yashamoqda.

Karimova-Tillayeva oilasi okean ortida bir nechta qimmatbaho ko‘chmas mulkka egalik qiladi.

“Kichik Karimova 2017 - yildan beri O‘zbekistonga kelgani yo‘q. U hatto otasining vafotiga yil to‘lishi bilan o‘tkazilgan turli tadbirlarda ham ko‘rinish bermagandi. Uning opasi Gulnora Karimova esa sodir etgan qator jinoyatlari uchun qamoq jazosini o‘tamoqda” deb yozadi Xabar.uz nashri.

“Lola Islomovnaga “Karimova” familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?” deya savol qo‘yadi internet nashr.

Toshkent: to‘yda to‘pponchadan kim “o‘q uzgani” ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqaldi (“Centralasia.media”, 5 - oktabr).

Toshkent shahri IIBB mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi. O‘q uzgan shaxs – Toshkent viloyatida yashovchi, 25 yoshli Ulug‘bek Solihov ekani ma’lum bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u qarindoshi bo‘lmish kuyovga to‘y kuni kuyovjo‘ralik qilgan.

19 - sentabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga, kelinning uyiga borganda, Ulug‘bek keyinchalik qiziqarli rolik tayyorlash uchun bozordan sotib olingan o‘yinchoq plastmassa to‘pponchani osmonga ko‘targan.

Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 4 - oktabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videoni montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni Instagram’dagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik u mazkur videoni internetda tarqatgan. “Mergan”ga biror chora ko‘rilgan-ko‘rilmagani ochiqlanmagan.

Jamoatchilik: Nahotki, o‘zimizda Jaloliddin Manguberdi siymosini gavdalantirishga qodir aktyor bo‘lmasa?

O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialida bosh qahramon roliga nima uchun turk aktyori tanlanganiga oydinlik kiritildi (“Mahalla” gazetasi, 8 - oktabr).

“O‘zbek aktyorlari orasida iste’dodlilari bor, lekin hali kino sohamiz bunga tayyor emas. O‘zbek kinosi ba’zi sahna ko‘rinishlariga ishlov berishda ham yetarli tajribaga ega emas. Filmda kim bosh rolni ijro etishiga emas, nima uchun bu asar kerak bo‘lib qoldi, degan savolga javob berish zarur” degan serial bosh maslahatchisi Boboxon Muhammad Sharif.

Serial haqida anons berilgach, jamoatchilik orasida “Nahotki, o‘zimizda milliy qahramonimizni gavdalantirishga qodir aktyorlar bo‘lmasa?” degan e’tirozlar bildirilgan edi.

Avvalroq “Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qo‘ymasligimiz kerak” degan edi O‘zbekiston madaniyat vaziri, serial tashkilotchilaridan biri Ozodbek Nazarbekov.

Serial Turkiyaning tarixiy filmlar ishlash borasida katta tajribaga ega “Bozdag‘film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Kinokartinaga “Orient Finans Bank” banki homiylik qilmoqda.

Filmda Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim gavdalantirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “Mendirman Jaloliddin” serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat.

Keng jamoatchilik uchun premyera 2021 - yilning yanvar oyidan boshlanadi.

XS
SM
MD
LG