Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 16:58

Sudyalarning javobgarligi, nazoratdan chiqib ketgan virus va oqsochlikdan or haqida


9 - oktabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi qiynoqlar bilan nom chiqargan “Jasliq” qamoqxonasining sobiq mahkumi Cho‘yan Mamatqulov foydasiga 60 million so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar to‘lash haqida ajrim chiqardi.

Mamatqulov 2012 - yilning 29 - avgustida qamoqqa olingan va Qashqadaryo viloyati sudining hukmi bilan 10 yilga qamalgan edi. 2018 - yilning 25 - martida shartli ravishda jazo muddati tugashidan avval ozodlikka chiqarilgan.

2020 - yilning 18 - martida esa, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi “tarkibida jinoyat alomatlari topilmagani uchun” to‘liq bekor qilingan.

Судьяларнинг жавобгарлиги, Назоратдан чиқиб кетган вирус ва Оқсочликдан ор ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:31 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining odam o‘g‘irlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish, giyohvandlik singari qator bandlari bilan jazo muddatini o‘tab chiqqach, Cho‘yan Mamatqulov Qashqadaryo viloyat sudining 2020 - yil 18 - martdagi ajrimi bilan to‘liq reablitatsiya qilingan.

Bas, Cho‘yan Mamatqulov reabilitatsiya qilingan ekan, uni ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan sudya jazolanadimi?

Sudyalarning qonun oldidagi javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan.

Mazkur qonunning sudyalarning intizomiy javobgarligiga oid 73-moddasida jumladan, sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Sudyalarning odob-ahloq kodeksining 4-moddasida “Sudya odil sudlovni amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarining sud tomonidan himoya qilinishi sud hokimiyati organlari faoliyatining mazmuni va mohiyati ekanligini unutmasligi lozim”, deyilgan.

OzodNazarning bugungi suhbatdoshi, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning aytishicha, sudyalarning javobgarligi mamlakatning boshqa qonunlarida ham belgilab qo‘yilgan.

Suhbatdoshimiz COVID-19 bilan bog‘liq mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga doir kuzatishlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Suhbatda tilga olingan yana bir mavzu kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilingan "oqsoch" lik masalasidir.

XS
SM
MD
LG