Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:41

OzodTa'sir: Ozodlik maqolasidan so‘ng investor furalariga tuxum ortildi


Afg‘oniston uchun atalgan tuxumlar
Afg‘oniston uchun atalgan tuxumlar

26 - oktabr kuni Ozodlikka bog‘langan afg‘onistonlik investor Abdul Razzoq (Mr.Abdul Razek) “tuxum ortilgan furalari “Hayraton” ko‘prigidan o‘tib, manzilga yetganini” bildirdi.

“Sizlar yozgan maqoladan keyin Xorazm viloyat bojxona xodimlari tuxum ortishga ruxsat berdi. Uchta fura to‘la tuxum chegaradan o‘tib, manzilga yetdi. Barcha muammo hal bo‘ldi. Rahmat sizga”, - deb aytdi ETHAD BARADARAN FARAHI LTD' LTD shirkati direktori.

Ozodlik 14 - oktabr kuni sarmoyador Abdul Razzoq shartnomadagi to‘liq qiymati - 22 ming dollar to‘langan tuxumni O‘zbekistondan olib chiqib keta olmayotgani haqida yozgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda janob Abdul Razzoq joriy yilning 29 - sentabrida Xorazm viloyatidagi “Qo‘shko‘pir Parranda” shirkati direktori Ulug‘bek Madaminov bilan 5 million AQSh dollariga shartnoma tuzgani va shu paytgacha 800 ming dollarlik investitsiya kiritganini bildirgan.

Ammo 14 - oktabr kuni Qo‘shko‘pirdagi mahalliy mulozimlar uchta furaga tuxum yuklashni taqiqlab qo‘ydi.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan shartnomaga ko‘ra¸ tuxum yuklangan yuk mashinalari 13 - oktabr kuni Afg‘onistonga yo‘l olishi kerak edi.

Чет эллик тадбиркор пули тўланган тухумни Ўзбекистондан олиб чиқиб кетолмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:55 0:00

“O’zparrandasanoat” uyushmasi vakili 14 - oktabr holatiga tuxum eksportini cheklaydigan hujjat mavjud emasligini aytgan edi.

Ayni paytda uyushma mulozimi keyingi 10 kun ichida ichki bozorda tuxum narxi keskin oshgani bois mahalliy mulozimlar "vaziyatni barqarorlashtirish uchun muvaqqat choralarga qo‘l urishgan".

Tuxum eksport qilgan shirkat ham xursand

Ozodlik muxbiri “Qo‘shko‘pir Parranda” shirkati bilan bog‘landi¸ ular “Ozodlik maqolasi ortidan yuk ortish masalasi hal bo‘lgani va pandemiya paytidagi qiyinchilik davrida eksportdan tushgan mablag‘ shirkat uchun ayni muddao bo‘lganligini” aytishdi.

Afg‘onistonlik investor¸ ETHAD BARADARAN FARAHI LTD' LTD shirkati direktori janob Abdul Razzoqning aytishicha, (Mr.Abdul Razek) shartnomaga ko‘ra “Qo‘shko‘pir Parranda” besh million AQSh dollariga teng tuxum yetkazib berishi kerak. Shartnoma 2021 - yilga qadar amal qiladi.

Shu paytgacha Afg‘oniston tarafi 800 ming dollarlik tuxumni "Qo‘shko‘pir Parranda” shirkatidan sotib olgan.

O‘zbekiston tuxumining eng yirik xaridori Afg‘oniston bo‘lib qolmoqda.

Afg‘onistonga tuxum eksportidan tushgan mablag‘lar ortidan mahalliy tovuq fermalari kengaymoqda.

Xorazm viloyatidagi “Qo‘shko‘pir Parranda” tovuq fermasi tashkil etilganida, bu yerda bor-yo‘g‘i 300 ta tovuq boqilgan bo‘lsa, 2020 - yilga kelib parrandalar soni 200 mingdan oshgani aytiladi.

To‘liq modernizatsiya qilingan fermaga Ukrainadan so‘nggi rusumdagi uskuna va jihozlar olib kelib o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG