Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:55

"Otamni majburlab Kovid markazga yuborishdi, bir kundan so‘ng jasadini berishdi"


Rasmiy statistikada 1 milliondan ortiq aholiga ega Xorazm viloyatida koronavirusdan faqat bitta o‘lim holati, u ham bo‘lsa iyul oyida qayd etilgan.
Rasmiy statistikada 1 milliondan ortiq aholiga ega Xorazm viloyatida koronavirusdan faqat bitta o‘lim holati, u ham bo‘lsa iyul oyida qayd etilgan.

Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi Uchqun Ahmedov o‘pka yallig‘lanishi tashxici bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan 70 yoshli otasini mahalliy shifokorlar yaqinlariga xabar qilmasdan Urganchdagi Kovid markazga majburlab jo‘natishgani, ikki kun o‘tib esa otasi shu markazda vafot etganidan xabar topganini aytdi.

Asli kasbi shifokor bo‘lgan xivalik Ahmedov so‘zlariga ko‘ra, Urganchdagi Kovid markaz shifokorlari otasining tromboemboliyadan o‘lganini aytishgan va o‘lim varaqasiga ham shu kasallikni yozib berishgan.

Ammo, suhbatdosh otasining koronavirusdan vafot etgani, shifokorlar buni yashirayotgan bo‘lishini aytadi.

"Otamni nafas qisishi bezovta qila boshlagandi. 26 - oktabrda rentgenga olib bordik. Rentgendagilar aytdi, "pnevmoniya bor, Kovid belgilari ham bor" dedi. Keyin Xivadagi tuman kasalxonasiga yotqizdik. 26 - oktabrda olib borgan bo‘lsak, ikki kun o‘tib otam Urganchdagi Kovid markazda o‘lganini bizga aytishyapti. Bizga xabar qilmasdan Kovid markazga o‘tkazishgan. O‘lim sababi qilib esa tromboemboliyani ko‘rsatishyapti. Tromboemboliya bo‘lsa nega Kovid markazga olib o‘tdingizlar desak, javob berisholmaydi", - deydi Ahmedov.

"Urganchdagi Kovid markazga borgan odam tirik chiqmaydi"

Uchqun Ahmedov viloyatda koronavirusdan o‘lim holatlarining aksari rasmiy statistikada aks etmay, yashirilayotganini aytadi.

“Odamlar asl vaziyatni bilishi kerak. Koronavirusdan o‘lgan bo‘lsa shu aytilishi kerak. Meni o‘zim ham vrachman. Ekspertizada ishlayman. Otamni Xivadagi kasalxonaga olib borganimizda, bular ochig‘ini aytishmadi. Bizga bilintirmay Urganch sport majmuasidagi Kovid markazga berib yuborishgan. Urganchdagi markazda odam juda ko‘p. Oblzdravdan aytishgan emish, kimda kovid belgisi bo‘lsa shu kompleksga olib o‘tishni. Lekin, shifokorlar bemorni yaqinlariga shuni aytishi kerak edi. 28 - oktabrda peshinda o‘lganini aytishdi. Men jasadni olgani borganimda u yerda ahvolni ko‘rib daxshatga tushdim. U yerga borgan odam tirik chiqmaydi. Krolikka qaraganday bemorlarga qarashar ekan", - deydi Uchqun Ahmedov.

Bu iddaolar yuzasidan Ozodlik Xorazm viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiylaridan dam olish kuni bo‘lgani sababli izoh ololmadi.

Rasmiy statistikada 1 milliondan ortiq aholiga ega Xorazm viloyatida koronavirusdan faqat bitta o‘lim holati, u ham bo‘lsa iyul oyida qayd etilgan.

Ozodlik bundan avval ham Navoiy, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida koronavirusdan o‘lim xolatlari yashirilgani haqida xabar qilgan edi.

Rasmiylar esa, pnevmoniya tufayli vafot etgan, lekin vafotiga qadar koronavirus tashxisi qo‘yilmagan marhumlar statistikaga kiritilmayotganini aytishadi.

Rasmiy statistikaga qaralsa, O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan 580dan ortiq o‘lim qayd etilgan bo‘lib, aksari Toshkent shahri va viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Nega rasmiy statistikada o‘lim kam?

Ozodlik bundan avval ham, joylardan olingan ma’lumotlarga tayanib, koronavirusdan o‘lim holatlari yashirilgani va rasmiy statistikada aks etmayotgani haqida xabar qilgan edi.

Jumladan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida Ozodlik bilan suhbatda bo‘lganlar koronavirus sabab qazo qilgan qarindoshlarining o‘lim holatini qayd etish haqidagi guvohnomasiga "pnevmoniya" tashxisi yozilganini aytishgan.

Navoiy viloyat Sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi mulozim tomonidan Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlar bu hududda COVID-19 virusga chalinganlar soni rasmiy statistikadan bir necha baravar ko‘pligini ko‘rsatgan.

Mahalliy rasmiylar ayrim o‘lim holatlarining rasmiy statistikada aks etmayotganini Covid-19 epidemiyasi qurbonlarini hisobga olishning O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan metodikasi bilan izohlashadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 7 - noyabr kuni soat 10:30 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 367 kishiga yetgan.

Kasallik oqibatida vafot etganlar soni 581 nafar.


"Ozodmikrofon " rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati ma’sul emas.

XS
SM
MD
LG