Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:58

Abduqodir Husanov rasman “Manchester Siti”da faoliyat boshladi


Abduqodir Husanov
Abduqodir Husanov

Angliya premer ligasining “Manchester Siti” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qabul qilganini rasman e’lon qildi.

Ingliz klubi iste’dodli himoyachini Fransiyaning “Lans” jamoasidan 40 million yevroga sotib olgan. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi kutilmoqda.

Shu tariqa 20 yoshli Abduqodir Husanov APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Sport nashrlari xabariga ko‘ra, Abduqodir “Manchester Siti” klubi bilan 2029-yil iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Abduqodir Husanov futbolchilik faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” klubi akademiyasida boshlagan. 2022-yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubiga o‘tgan. 2023-yildan esa “Lans” jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.

Jahondagi istiqboli porloq himoyachilar ro‘yxatiga kiritilgan Abduqodirning transferi ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida olamshumul hodisa sifatida muhokama qilinganini kuzatish mumkin.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, o‘zbek futbolchisining ingliz klubi safiga o‘tishiga prezident Shavkat Mirziyoyev ham munosabat bildirgan.

Mirziyoyev BAAda Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan suhbatda Abduqodirning “Manchester Siti” klubi safiga o‘tayotganidan “juda xursand bo‘lgani”ni aytgan.

Ol Nahayon sulolasining boshqa bir vakili, BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur “Manchester Siti” klubining xo‘jayini hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG