Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:53

Afg‘onistondagi toshqin oqibatida so‘nggi kunlarda 7 kishi qurbon bo‘ldi


Toshkin Afg‘oniston viloyatlaridagi yuzlab uylarni vayron qilgani aytilmoqda
Toshkin Afg‘oniston viloyatlaridagi yuzlab uylarni vayron qilgani aytilmoqda

Afg‘onistonda yog‘in-sochin va toshqinlar oqibatida oxirgi ikki kun ichida 7 kishi nobud bo‘lgan, 19 kishi jarohat olgan. Bu haqda Tolonews nashri xabar qildi.

Nashr qaydicha, yog‘in-sochin ayniqsa Badaxshon, Panjsher, G‘azni, Vardak, Paktiyo va Bomiyon viloyatlarida shiddatli bo‘lgan. Nangarhor va Lag‘mon viloyatlari rasmiylar ham tabiiy ofat tufayli odamlar o‘lgani, uy-joy va ekinzorlar vayron bo‘lgani haqida ma’lum qilishgan.

Toshqin natijasida 800 ta uy vayron bo‘lgan, 1600 akr ekin maydoniga shikast yetgan. So‘nggi uch kun ichida uylar qulashidan to‘rt kishi vafot etdi, yana olti kishi tan jarohati oldi”, deya bildirgan Nangarhordagi tabiiy ofatlarga qarshi kurash departamenti rahbari Sayfulloh Xolid.

Lag‘mon gubernatori matbuot kotibi Abdulmalik Niyoziy esa ikki bola doxil uch kishi nobud bo‘lganini bildirgan.

Yana 13 kishi jarohat olgan, shuningdek, 515 ta uy va 400 jerib (8 gektar) yer vayron bo‘lgan”, deya qo‘shimcha qilgan mulozim.

Toshqindan jabrlangan viloyatlar aholisi yordam so‘rab Tolibon shakllantirgan muvaqqat hukumat va gumanitar tashkilotlarga murojaat qilgan.

Bizga imkon qadar tezroq har qanaqa yordam berilishini kutyapmiz. Mo‘minobod qishlog‘i ahlining oqshom yeyishga noni ham yo‘q”, degan nangarhorlik Ridi Gul.

Afg‘oniston Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi Meteorologiya departamenti avvalroq mamlakatdagi 34 ta viloyatning ko‘pida shiddat yog‘in-sochin kutilayotganidan ogohlantirgan edi.

XS
SM
MD
LG