Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:03

Aleksey Navalniyga Drezden tinchlik mukofoti berildi


Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy (arxiv surati)
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy (arxiv surati)

Joriy yilning fevral oyida Yamal-Nenes avtonom okrugidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Drezden tinchlik mukofotiga loyiq topildi. Bu mukofot tinchlik va xalqaro hamjihatlik ishiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.

Mukofotni topshirish marosimi 12- may kuni Germaniyaning Drezden shahrida bo‘lib o‘tadi. Mukofotni siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya qabul qilib oladi.

Drezden tinchlik mukofoti 2010-yilda ta’sis etilgan. Mazkur mukofotga avval sazovor bo‘lganlar orasida sobiq SSSRdan ikki kishi bor. Ulardan biri sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov (2010-yil), ikkinchisi esa 1983-yili SSSR va AQSH o‘rtasidagi muhtamil yadroviy urushning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan Stanislav Petrovdir (2015-yil).

Aleksey Navalniy 2024-yilning 16-fevralida Xarp posyolkasidagi “Qutb bo‘risi” (“Polyarniy volk”) koloniyasida jon taslim qilgan. Rasmiy ma’lumotga muvofiq, siyosatchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan. Navalniyning safdoshlari fikricha esa, u o‘ldirilgan.

XS
SM
MD
LG