Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:23

Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligiga ishga o‘tdi


 Kinematografiya agentligi direktorining yangi o‘rinbosari Alisher Xo‘jayev
Kinematografiya agentligi direktorining yangi o‘rinbosari Alisher Xo‘jayev

Fevral oyi boshida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimidan bo‘shatilgan Alisher Xo‘jayev bundan buyongi faoliyatini Kinematografiya agentligida davom ettiradigan bo‘ldi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 28-mart kuni u Toshkentdagi Kinochilar uyida o‘tkazilgan yig‘ilishda jamoaga Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari o‘laroq tanishtirilgan.

MTRKni 18 yildan ko‘proq vaqt boshqargan Alisher Xo‘jayevning yulduzi 2000-yillar boshida porlay boshlagan. U 2001–2002-yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002–2005-yillarda esa O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shu kunda yoshi 60 dan o‘tgan Alisher Xo‘jayev dastavval MTRKga Islom Karimov prezidentligi davrida — 2005-yilning 13-aprelida rais etib tayinlangan, Mirziyoyev ilk bor prezidentlikka saylanganidan ikki oy o‘tib esa — 2017-yilning 2-fevralida ishdan olingan edi.

Xo‘jayev birinchi marta raislikdan ketganidan keyin yetti oy ichida MTRKda ikki marta rahbar (Xurshid Mirzohidov va Bobur Alixonov) almashgan. 2017-yilning 29-avgustida Alisher Xo‘jayev yana MTRK rahbari lavozimiga qaytarilgan. Joriy yilning 2-fevralida MTRK raisi lavozimidan bo‘shatilgan Xo‘jayevning o‘rniga Abdurashid Jo‘raboyev tayinlangani haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan.

Yangi ish joyida Firdavs Abduholiqovga muovinlik qiladigan Alisher Xo‘jayev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga quda bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG