Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:04

AQSH Senati Ukrainaga yordam paketini ma’qulladi


AQSH Kongressi Senatidagi ko‘pchilik lideri Chak Shumer
AQSH Kongressi Senatidagi ko‘pchilik lideri Chak Shumer

AQSH Kongressining yuqori palatasi (Senati) 23-aprel oqshomida Qo‘shma Shtatlarning Ukraina doxil ittifoqchilariga 95,3 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatga muvofiq, umumiy yordam paketidagi mablag‘ning qariyb 61 milliard dollari Ukrainaga ajratilgan.

Qonun loyihasi ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullangan: hujjat qabul qilinishini 79 nafar senator ma’qullagan, 18 kishi esa qarshi chiqqan.

Senatdagi ovoz berish olti oylik murosa yo‘li qidirish jarayoniga nuqta qo‘ygan. Bu vaqt mobaynida yuqori palatadagi konservativ respublikachilar Oq uydan AQSH janubiy chegaralari xavfsizligini mustahkamlash va boshqa talablar bilan Ukrainaga yordam tashabbusiga to‘sqinlik qilib kelishgan. Ularning barcha talablari bajarilgan emas, biroq o‘tgan haftada Vakillar palatasi Ukraina, Isroil, Tayvan va AQSHning boshqa ittifoqchilariga yordam ajratishni ma’qullagan. Endilikda qonun loyihasi imzolash uchun AQSH prezidenti Jo Baydenga taqdim etiladi.

“Butun dunyodagi ittifoqchilarimiz so‘nggi olti oy davomida Kongress faoliyatini kuzatib, “eng muhim masalaga qachon qo‘l uriladi, Amerika kuchini yig‘ib, birlashib, markazdan qochadigan kuchlarni yengib, on muhimligini anglay oladimi?” degan savolni berib kelayotgan edilar. Bugun tarixning sergak nigohi ostida Senat “ha” deb baralla javob berdi”, deya bildirgan Senatdagi ko‘pchilik lideri Chak Shumer.

Senat qarori haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan bir necha daqiqa keyin AQSH prezidenti Bayden bu qonunni ertaga - hujjat uning stolida paydo bo‘lishi bilan “Ukrainaga shu haftanining o‘zida qurol-aslahalarni yo‘llashni boshlay olish uchun” qo‘l qo‘yishini e’lon qildi.

“Biz qat’iyan demokratiya va erkinlikni dastaklab, zulm va istibdodga qarshi chiqmoqdamiz”, deya urg‘ulagan Jo Bayden.

Qonun loyihasi doirasida yordamning 60.8 milliard dollari Ukrainaga, 26,4 milliardi Isroilga va G‘azo aholisiga insonparvarlik yordamiga, 8,1 milliardi esa Tanvan va AQSHning Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilariga ajratilmoqda. Konservativ respublikachilarga yon berish o‘laroq yordam paketining 10 milliard dollari Ukrainaga kredit shaklida ajratilgan, bu qarzdan ham 2026-yilda prezidentning maxsus qarori bilan kechib yuborilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG