Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:12

AQSHda bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini tashigan o‘zbekistonlik 19 yilga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

AQSHning Florida shtatida voyaga yetmagan bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlikka oid materiallarni tashigan o‘zbekistonlik ustidan hukm o‘qildi. Bu haqda Florida o‘rta okrugi prokuraturasi ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil yanvarida 39 yoshli Sulton Nuriyev Orlandodan Toshkentga chiqib ketgan, o‘sha yil fevralida u AQSHga qaytgan. Qaytish chog‘ida bojxona-chegara xizmati xodimi o‘zbekistonlikning telefonini tekshirib, undan bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik tasvirlarini topgan.

Aniqlanishicha, u O‘zbekistonda o‘zini 12 yoshli bolakay o‘laroq ko‘rsatib, internetda voyaga yetmagan qizlarni yo‘ldan urish bilan shug‘ullanib kelgan. U qizchalarni shahvoniy xarakterdagi suratlarni olib, o‘ziga yo‘llashga majbur qilgan.

Xabarnomada Nuriyev 2023-yilning 26-sentyabrida o‘z aybiga iqror bo‘lgani qo‘shimcha qilingan. Uning AQSHga qay asosda va qanday maqsadda borganiga aniqlik kiritilgan emas.

Sud hukmiga ko‘ra, o‘zbekistonlik keyinchalik umrbod nazorat ostida bo‘lish sharti bilan 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

XS
SM
MD
LG