Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2024, Тошкент вақти: 01:04

Aqto‘bedagi avariyada vafot etganlar jasadi O‘zbekistonga olib kelindi


FVV ma’lumotiga ko‘ra, YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadi 5-aprel tungi soat 3 larda Termiz aeroportiga olib kelingan
FVV ma’lumotiga ko‘ra, YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadi 5-aprel tungi soat 3 larda Termiz aeroportiga olib kelingan

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 3-aprel kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida vafot etgan sakkiz nafar o‘zbekistonlikning jasadi Surxondaryo viloyatiga olib kelingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga muvofiq, jasadlar yuklangan uchoq 5-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 atrofida Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Avvalroq Ozodlik FVV ma’lumotiga tayangan holda “Samara-Chimkent” avtoyo‘lining Marjonbuloq qishlog‘i yaqinidagi qismida yuz bergan avtohalokat chog‘ida vafot etgan o‘zbekistonliklar prezident Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali O‘zbekistonga olib kelinishi, ularning dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar qilgan edi.

Vazirlik qaydicha, 4-aprel kuni O‘zbekiston FV vaziri o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan komissiya YTH sodir bo‘lgan joyga borgan, ularga qozoq rasmiylari jasadlarni O‘zbekistonga yo‘llashda yaqindan yordam ko‘rsatgani aytilmoqda.

Ayni paytda mahalliy hokimliklar tomonidan YTHda vafot etganlarning dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Bu orada, Oqo‘rda matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent-Samara avtoyo‘lidagi YTHda sakkiz nafar o‘zbekistonlikning fojiali tarzda vafot etgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya telegrammasini yo‘llagan. Toqayev o‘zbekistonlik hamkasbidan avtohalokat qurbonlarining oilalariga ta’ziya tilaklarini yetkazishni so‘ragan.

XS
SM
MD
LG