AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan 14-yanvar kuni Vashingtonda ikki mamlakat o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi.
Blinkenning shartnomani imzolash marosimida bildirishicha, AQSH va Armaniston mudofaa, iqtisodiyot, demokratik institutlarni rivojlantirish sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlarni ishlab chiqadigan “strategik hamkorlik komissiyasi”ni tuzishgan.
AQSH Davlat kotibiga ko‘ra, ikki mamlakat “tobora kuchliroq hamkor”ga aylanmoqda.
Mazkur uchrashuv va kelishuvlarning imzolanishiga oid kommyunike AQSH Davlat departamenti saytida yoyinlangan.
Amerikalik hamkasbi ortidan imzolash marosimida so‘zga chiqqan Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan AQSH chegaralarni mustahkamlashda ekspertlik yordami ko‘rsatish uchun Armanistonga mutaxassislar guruhini yo‘llashini qayd etgan. Shuningdek, AQSH Armaniston bilan fuqaroviy yadro hamkorligi bo‘yicha muzokaralarni ham boshlaydi.
Yerevan anchadan buyon AQSH yetakchilik qilib kelayotgan “Islom davlati” ekstremistik tashkilotiga qarshi kurashish koalitsiyasiga rasman qo‘shilganini bildirgan.
Armaniston so‘nggi yillarda Rossiya boshchilik qilib kelayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini qisqartirgan, keyin esa butunlay to‘xtatgan. 2023-yil kuziga kelib KXSHT mashqlarida ishtirok etishdan bosh tortgan Armaniston o‘sha paytning o‘zida Armaniston-AQSH qo‘shma mashqlarini tashkil qilgan.
Seshanba kuni Rossiya Yerevanning bu qadami Armanistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (Moskva yetakchiligidagi bojxona bloki) a’zoligiga nomuvofiq ekani haqida bildirgan.
O‘tgan haftada Armaniston parlamenti YIga kirish arizasini topshirish jarayonini boshlashga oid qonun loyihasini ma’qullagan edi.