Armanistonda rossiyalik jurnalist Vladimir Solovyov ko‘rsatuvlari yoyiniga taqiq qo‘yildi. Rossiya jurnalistlari uyushmasi buni so‘z erkinligining buzilishi deb atadi.
Armaniston yuqori texnologik sanoat vazirining o‘rinbosari Avet Pogosyanga ko‘ra, taqiq qarori ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomaning ikkita moddasi “muntazam ravishda buzilgani” tufayli qabul qilingan.
Bu yerda gap taqhiromuz mazmundagi dasturlar yoyini va ichki siyosiy turmushga aralashuvni istisno etuvchi modda hamda milliy bayramlar va favqulodda holatlar chog‘ida tartib-qoidalarga hurmatni talab etuvchi modda haqida bormoqda.
“Hatto alohida olingan dasturlarga qo‘yilgan taqiq ham so‘z erkinligi va axborot tarqatish erkinligining haqiqatan buzilishi bo‘ladi”, deya bildirgan Rossiya jurnalistlari uyushmasi rahbari Vladimir Solovyov (bu mulozim dasturlariga taqiq qo‘yilgan jurnalist Vladimir Solovyovning adashidir - tahr.).
Bir oy muqaddam jurnalist Vladimir Solovyov va Margarita Simonyan dasturlardan birida Gruziya va Armaniston o‘rtasida chegaralar bo‘lmasligi haqida “orzular”i o‘rtoqlashishgandi – ular fikricha, “aslida shunday bo‘lishi ham kerak”.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga keng ko‘lamda bostirib kirgan 2022-yil fevralidan so‘ng Rossiyada jurnalistlarga bosim va senzura bir necha baravar kuchaygan. Ko‘plab OAV o‘z ofislarini xorijga ko‘chirishga majbur bo‘lgan, boshqalalari esa faoliyatlarini to‘xtatgan yoki urush voqealarini yoritishdan bosh tortishgan. Urushni yoritishda davom etarkan, jinoiy ta’qibga uchramaslikni istagan media xodimlari yoppasiga boshqa mamlakatlarga chiqib ketishgan.
Rossiya jurnalistlari uyushmasi Solovyov Rossiyadagi senzura bilan urushdan keyin kurashajagini aytgan.