Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:18

Armanistonda Ukrainadagi urushga borishni istamagan rossiyalik qo‘lga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Armanistonning Gyumri shahrida Rossiya harbiy politsiyasi o‘z vatanida Ukrainada jang qilishdan bosh tortgan dezertir o‘laroq qidiruvga berilmish rossiyalik Anatoliy Shchetininni qo‘lga olgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, Shchetininni Rossiya yo‘llashga hozirlanmoqdalar. Ayni paytda u Rossiyaning 102-harbiy bazasi hududida tutib turilibdi.

Xelsinki fuqaroviy assambleyasi inson huquqlari tashkilotining Armaniston bo‘limi bayonotiga muvofiq, Shchetininning o‘g‘irlanishi Armaniston qonunlarining buzilishi bo‘lib hisoblanadi.

Huquq faollari rossiyalikning Armanistondan olib chiqib ketilishining oldini olish, uni ozod qilish hamda uni qo‘lga olganlarni javobgarlikka tortish iltimosi bilan mamlakat Bosh prokuraturasi va IIVga murojaat qilishgan.

Mahalliy nashrlar bu Armaniston hududida rossiyalik fuqarolarning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq birinchi noxush hodisa emasligini qayd etishmoqda. O‘tgan yil oxirida Rossiya armiyasidan qochgan va Ukraina bosqinida ishtirok etmaslik uchun Armanistonga ko‘chib o‘tgan Dmitriy Setrakov qo‘lga olingandi.

O‘sha paytda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya harbiy politsiyasi xatti-harakatlarini noqonuniy deb atagan bo‘lishiga qaramasdan, Setrakov mamlakatdan olib chiqib ketilgan, uning keyingi taqdiri haqida esa hech qanday ma’lumot yo‘q.

Aprel oyi boshida Xelsinki fuqaroviy assambleyasi Armanistonda o‘z mamlakatini siyosiy sabablarga ko‘ra tark etgan rossiyaliklar orqasidan kuzatuv olib borilayotgani haqida ma’lumot tarqatgan. Huquq faollariga ko‘ra, ularga murojaat qilgan rossiyaliklar o‘zlarini Rossiya harbiy kiyimini kiygan odamlar “ochiqdan-ochiq ta’qib qilayotganlari”dan shikoyat qilishgan. Ozodlikning arman xizmati qaydicha, ta’qib qiluvchilar ulardan “xonadonlarida kimlar yashayotgani haqida ma’lumot olish”ga tirishishgan.

XS
SM
MD
LG