Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:45

“Audit “Ohangaronshifer” AJni sun’iy bankrot qilingan deb topdi, ammo natija yo‘q!”


2019 - yilning iyulida uch oy maoshsiz qolgan "Ohangaronshifer" ishchilari zavod darvozasini svarkalab¸ norozilik bildirgan edi.
2019 - yilning iyulida uch oy maoshsiz qolgan "Ohangaronshifer" ishchilari zavod darvozasini svarkalab¸ norozilik bildirgan edi.

Toshkent viloyatidagi “Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatining kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ozod Xushnazarovning OzodMikrofonga arz qilishicha “New Global Professionals” audit tashkiloti taftish o‘tkazib, korxona qasddan va sun’iy bankrot qilinganini aniqlab, O‘zbekiston davlat akativlarini boshqarish agentligiga taqdim qilgan. Ammo shu paytgacha agentlik bu masalani hal qilmayapti.

“Аудит “Оҳангароншифер” АЖни сунъий банкрот қилинган деб топди, аммо натижа йўқ!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:24 0:00
Бевосита линк

“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z navbatida sun’iy bankrot qilganlarni sudga, prokuraturaga berishi kerak. Agar sudga bersa bankrotlik to‘g‘risidagi ish tugaydi. Prokuratura esa soxta bankrotlik ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘ashi kerak.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maktubi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maktubi.

Biz agentlikka murojaat qilsak, Toshkent viloyati prokuraturasiga berdik, deyapti. Lekin prokuratura 2020 - yil 5 - avgustda jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Hamma gap shundaki mana 8 oy bo‘lyapti bu jinoyat ishi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Biz bu haqda yuqori tashkilotlarga xat yozyapmiz. Xatlar yana aylanib pastga kelyaptida, hech narsa hal bo‘lmayapti.

Bu yerda 500 nafar ishchi va ular oilasining taqdiri xavf ostida turibdi. Agar ular ishini yo‘qotsa bu juda og‘ir bo‘ladi.

Korxonani “Mega Golden Hous” MChJ sun’iy bankrot qilmoqchi bo‘lyapti. Shahar hokimiga aytsak, men bu ishga aralasha olmayman deydi. Prokuraturaga aytsak, buni orqasida katta odamlar bor ekan, menga tinchlik kerak, deydi. Oddiy mehnatkash ishchilarning taqdiri bilan hech kim qiziqmayapti. Viloyat hokimiga borib uchrashdik, undan ham natija bo‘lmadi!”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG