Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:05

Bayden Falastin davlati bo‘yicha bevosita muzokaralar tarafdori


Oq uyning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan
Oq uyning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan

AQSH prezidenti Jo Bayden Falastin davlatiga yo‘l bir tomonlama tan olish orqali emas, muzokaralar orqali o‘tadi, degan fikrda. Oq uy 22-may kuni ana shunday bayonot bilan chiqdi.

Reuters agentligi qaydicha, AQSH prezidentining munosabati Irlandiya, Ispaniya va Norvegiyaning shu oy oxirigacha Falastin davlatini tan olmoqchiligi e’lon qilingani ortidan ochiqlandi.

Vashington munosabati, aftidan, Yevropadagi uch davlatning amalda bo‘lmagan davlatni bir tomonlama tan olishlarini e’lon qilganiga nisbatan AQSH xavotiri in’ikosi bo‘lgan”, deb yozgan Reuters.

Oq uyning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan jurnalistlar uchun uyushtirilgan galdagi brifingda har bir mamlakat Falastin davlatini tan olish uchun o‘z qarorini qabul qilish mumkinligini aytgan.

“Biroq prezident to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar eng yaxshi yondashuv bo‘lishi mumkin edi, deb hisoblaydi”, deya urg‘ulagan Sallivan.

Jurnalistning Falastin davlatining boshqa davlatlar tomonidan istiqbolda tan olinishiga nisbatan AQSH munosabati to‘g‘risidagi savoliga javoban Sallivan AQSH hamkorlarini o‘z pozitsiyasi bilan tanishtirajagini bildirdi. “Ko‘raylik-chi, vaziyat qanday rivojlanar ekan”, degan Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi.

O‘tgan yilning 7-oktyabrida HAMAS guruhining (AQSH, Buyuk Britaniya va YI tomonidan terror tashkiloti deb tan olingan) qurollangan jangarilari Isroil hududiga hujum qilib, Isroil rasmiy manbalariga ko‘ra, 1200 kishini o‘ldirgan va 253 kishini garovga olgan. Garovdagi yuzdan ortiq kishining taqdiri haqida haligacha hech narsa ma’lum emas.

Isroil bu hujumga G‘azo sektori hududidagi keng ko‘lamli harbiy amaliyot bilan javob bergan. Buning ortidan ko‘plab mamlakatlarda ijtimoiy fikr Isroilning javob harakatlarini dastaklayotganlar va Falastindagi manbalar ma’lumotiga ko‘ra, 35 ming falastinlik qurbon bo‘lgan urushni to‘xtatishni talab qilayotganlarga ajralib qolgan.

Qo‘shma Shtatlar o‘nlab yillar mobaynida "ikki xalq uchun ikki davlat" formulasi bo‘yicha qarorga erisha olgan emas.

Falastin davlati mustaqilligini BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta mamlakatdan Xitoy va Rossiya doxil 146 tasi tan oladi. Isroil, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlar mustaqillikni tan olmay keladi.

Yevropa Ittifoqida faqat bir necha davlat Falastin muxtoriyatini davlat o‘laroq tan olgan. Chexiya, Vengriya, Polsha, Bolgariya, Ruminiya va Kipr bu ishni YIga kirmaslaridan oldin amalga oshirgan. Shvetsiya hozirgacha YI tarkibida bo‘la turib Falastin mustaqilligini tan olgan (2014) yagona mamlakat bo‘lib qolayotgan edi.

XS
SM
MD
LG