Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 02:58

Bayden Pentagonga Ukrainaga aslaha yetkazishni tezlashtirishni topshirdi


AQSH prezidenti Jo Bayden
AQSH prezidenti Jo Bayden

AQSH prezidenti Jo Bayden 25- dekabr kuni Mudofaa vazirligiga Ukrainaga “oshig‘ich ravishda” qurol-aslaha yetkazib berishni davom ettirish haqida topshiriq berganini bildirdi. Mazkur bayonot Rossiya tomonidan Ukraina energotizimiga yoppasiga zarbalar berilganiga oid xabarlar ortidan berildi. Bu haqda “Amerika ovozi”ning rus xizmati xabar qildi.

Rojdestvo tongida Rossiya Ukraina shaharlari va o‘ta muhim energetika infratuzilmasi bo‘ylab raketa va dronlar bilan qator zarbalarni berdi. Bu ablahona hujumdan maqsad Ukraina xalqini qishda issiqlik va elektrdan mahrum qilish hamda energotizim xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishdir”, deyilgan Baydenning Oq uy tomonidan yoyinlangan bayonotida.

So‘nggi oylarda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga havodan mudofaa uchun yuzlab raketa yetkazib bergan. Baydenga ko‘ra, bundan ham ko‘prog‘i yo‘lda.

Chorshanba tongida Rossiya Ukraina energotizimi va shaharlariga qanotli va ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujum uyushtirgan. Ukraina hududlari rahbarlariga ko‘ra, zarbalar natijasida Xarkovda kamida olti kishi yaralangan, Dnepropetrovsk viloyatida esa bir kishi halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG