Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:31

Bayden: Rafahda amaliyot o‘tkazilsa, AQSH Isroilga yordamni ozaytiradi


AQSH prezidenti Jo Bayden
AQSH prezidenti Jo Bayden

AQSH prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida, agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektoridagi Rafah shahriga yirik hujumga buyruq bersa, Vashington Isroilga ayrim qurol-aslahalarni yo‘llashni to‘xtatishini bildirdi.

G‘azo janubida joylashgan Rafah AQSH va YI tomonidan terror tashkiloti deb topilgan HAMAS guruhining so‘nggi yirik tayanch nuqtasi bo‘lib qolmoqda.

CNN telekanalining 8-may kuni yoyinlangan intervyusida Bayden Isroil yo‘llangan AQSH bombalari yetti oydan buyon SAXALning G‘azo sektoridagi hujumi chog‘ida fuqaroviy shaxslar o‘limiga sabab bo‘lganini tan olgan. Mazkur hujum HAMASning o‘tgan yil 7-oktyabrida Isroilga qarshi uyushtirilgan qonli hujumiga javoban boshlatilgan edi.

Jo Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar avvalgidek Isroil mudofaasiga sodiq va unga “Temir gumbaz” tizimi uchun raketalar va boshqa mudofaa aslahalari yetkazib berishni davom ettiradi. Biroq Rafahda amaliyot o‘tkazilgan taqdirda, AQSH Isroilni amaliyotni o‘tkazish uchun qurol-aslaha va artilleriya snaryadlari bilan ta’minlamaydi, degan Bayden.

Reuters agentligi Oq Uy rahbarining bu so‘zlarini shu paytgacha aytilgan eng keskin mulohazalar, deb atagan. Baydenning bayonoti Isroil G‘azo sektori shimolidagi jangovar harakatlardan qochib borgan yuz minglab falastinlik jon saqlayotgan Rafahdagi keng ko‘lamli amaliyotdan tiyilishi uchun Isroilga bosimni kuchaytiradi, deya qo‘shimcha qilgan agentlik.

Rafahdagi vaziyat haqida chorshanba kuni so‘zlar ekan, Jo Bayden Isroilning u yerdagi harakatlari hozircha “qizil chiziq”dan o‘tmaganini qayd etgan. Ayni paytda AQSH prezidenti Isroil G‘azo sektoridagi tinch aholi himoyasi uchun bundan ko‘proq ish qilishi lozimligini takrorlagan.

XS
SM
MD
LG