Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 11:32

Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalarning “xayrlashuv” paketini hozirlamoqda


AQSH prezidenti Jo Bayden
AQSH prezidenti Jo Bayden

AQSH prezidenti Jo Bayden hokimiyat tepasida bo‘lgan so‘ng haftalarda Rossiya energetika sektoriga qarshi yangi yirik sanksiyalar kiritishga chog‘lanmoqda. Bu haqda “Vashington post” nashri to‘rt nafar xabardor manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Sanksiyalardan maqsad Rossiya neftini G‘arbning sanksiya siyosati bilan bog‘liq mamlakatlarga tashiyotgan xalqaro kemalarning “yashirin floti”ga zarba berishdir. Hozirlanayotgan sanksiyalardan ko‘zlangan yana bir maqsad haligacha sanksiyalar kiritilmagan Rossiya neft eksportchilariga bosim o‘tkazishdan iborat. Bu yerda gap banklarga Rossiya energetik tranzaksiyalarini qayta ishlashga ruxsat beruvchi litsenziyalarni chaqirib olish haqida ketmoqda.

Agar sanksiyalar o‘ylangani kabi ta’sir qilsa, Bayden ma’muriyati saylangan prezident Trampning inauguratsiyasiga qadar unga kattagina meros qoldirib ketadi, deb yozgan “Vashington post”.

Prezidentlik lavozimini tark etish oldidan Moskvaga qarshi qo‘yilajak jiddiy qadam Baydenning 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga nisbatan qat’iy javob uchun g‘arbdagi ittifoqchilarni birlashtirganiga oid bayonotlarini dastaklaydi, deyilgan nashr maqolasida.

XS
SM
MD
LG