Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 12:37

Bayden tashqi siyosat bo‘yicha xayrlashuv nutqini irod etdi


Prezident Jo Baydenning AQSH Davlat departamentida qilgan chiqishidan lavha, 2025-yil 13-yanvari
Prezident Jo Baydenning AQSH Davlat departamentida qilgan chiqishidan lavha, 2025-yil 13-yanvari

AQSH prezidenti Jo Bayden lavozimdan ketishi oldidan tashqi siyosatga bag‘ishlangan so‘nggi nutqini so‘zladi. Nutqdan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qaratilgan sarkazm to‘la izohlar ham o‘rin oldi.

Putin Ukrainaga bostirib kirgan paytida Kiyevni bir necha kun ichida egallab olishini o‘ylagandi. Aslida urush boshlanganidan buyon Kiyev markazida aynan men turgandim, u emas. Putin yo‘q edi u yerda”, degan Jo Bayden AQSH Davlat departamentida qilgan chiqishida.

“Men AQSH qo‘shinlari nazorat qilmagan harbiy hududga borgan yagona Oliy bosh qo‘mondonman”, deya qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti.

O‘z nutqida prezident Bayden Ukraina masalasiga atroflicha to‘xtalgan. Baydenga ko‘ra, u Rossiya tajovuzidan himoyalanayotgan Ukrainaga xalqaro dastak uyushtirish va yadroviy ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Biz har ikki vazifani ham bajardik. Biz keyingi ma’muriyat Ukraina xalqining porloq kelajagini himoya qila olishi uchun tamal toshini qo‘ydik”, deya urg‘ulagan Jo Bayden.

Prezident Bayden o‘zining eng asosiy yutuqlari sifatida NATOni kengaytirish va mustahkamlash, Ukrainani dastaklash, Qo‘shma Shtatlarda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarilishiga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritilishi kabilarni sanagan. Mazkur investitsiyalar, unga ko‘ra, Xitoy bilan raqobatda AQSH mavqeini kuchaytiradi.

“Amerika yanada qudratliroq, ittifoqlarimiz yanada mustahkamroq bo‘ldi, dushmanlarimiz va raqiblarimiz kuchsizlandi. Biz bu natijalarga erishish uchun jang qilganimiz yo‘q”, dedi Jo Bayden.

U keyingi ma’muriyatga kuchli pozitsiya qoldirayotganini − Amerika yana dunyo lideriga aylanganini bildirdi.

Joy Bayden chiqishidan bir necha soat o‘tgach, saylangan prezident Donald Tramp teleintervyuda ketayotgan prezidentning tashqi siyosatiga farqli baho berdi: “Bu dahshatli to‘rt yil edi”.

XS
SM
MD
LG