Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 05:55

Bishkekda jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan militsiya xodimi ushlandi


Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasi Qirg‘iziston poytaxtida jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan militsiya xodimi qo‘lga olingani haqida ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6-fevral kuni huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilgan 24 yoshli ayol bir kun avval Bishkekdagi mehmonxonada uni noma’lum erkak kuch va tahdidlar bilan zo‘rlagani haqida bildirgan.

Qayd etilishicha, IIV Ichki tergov boshqarmasi va Oktyabr tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchi o‘laroq militsiya leytenanti K.U. qo‘lga olingan. Hodisa yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (“Zo‘rlash”) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Avvalroq 2022-yilda militsiya xodimlari aralashuvida 13 yashar qizchaning zo‘rlanishi bilan bog‘liq shov-shuvli hodisa ro‘y bergandi. O‘sha yilning avgust oyida Bishkekning Sverdlov tumani sudi ularga nisbatan hukm chiqargan. Jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan militsiyaning ikki xodimi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, bu ishga aloqadorligi taxmin qilingan yana bir kishi 10 yilga qamalgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchilarning har biriga ma’naviy zararni qoplash uchun jabrlanuvchi tarafga 100 ming so‘mdan tovon puli to‘lash yuklatilgan.

XS
SM
MD
LG