Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:18

Bitkoin narxi ilk bor 100 ming dollardan oshdi


Donald Tramp Neshvilldagi kriptoanjumanda, 2024-yil iyuli
Donald Tramp Neshvilldagi kriptoanjumanda, 2024-yil iyuli

Bitkoin narxi tarixda ilk bor 100 ming AQSH dollaridan oshib ketdi.

Binance birjasi ma’lumotiga ko‘ra, bitkoin narxi 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 7:39 da 100 ming dollardan oshgan va o‘sishda davom etgan. Soat 8 ga borib narx 104 ming dollarga yetgan. Bu paytga kelib 20 dan ziyod birja ma’lumotlarini o‘rganib boradigan CoinMarketCap sayti bitkoin 101 ming dollargacha qimmatlagani haqida xabar qilgan.

Bitkoin kursi Donald Tramp AQSH prezidenti etib saylanganidan keyin o‘sa boshlagan. 5-noyabr kuni Tramp saylovda g‘alaba qozongani ma’lumot bo‘lgan paytda bitkoin narxi 40 foizga, yil boshidan beri esa ikki baravarga oshgan.

Tramp AQSHni “jahonning kriptopoytaxti”ga aylantirish hamda bitkoin zaxirasi to‘plashni va’da qilgan. Vaholanki, Tramp bor-yo‘g‘i uch yil avval bitkoinni tovlamachilarning nayrangi deb atagan edi. Bugungi kunda kriptovalyuta bozori hajmi, mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, uch trillion dollardan ko‘proqni tashkil etadi.

Bitkoin yangi rekordga Donald Tramp Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya rahbari lavozimiga kriptolobbist Pol Atkinsni tayinlamoqchi ekanini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib erishgan.

Komissiya jahon moliya olamida kriptovalyutalarning eng nufuzli dushmanlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Regulyator yetakchi kriptovalyuta shirkatlarini sudga bergani ma’lum.

XS
SM
MD
LG