Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 21:24

Blinken: Sulh Putinga qayta hujum uchun nafas rostlashga imkon beradi


Entoni Blinken
Entoni Blinken

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken The New York Times nashriga bergan katta intervyusida boshqa masalalar qatori Ukrainadagi urush va uni to‘xtatish imkoniyatlari masalasiga ham to‘xtalgan.

Biz Rossiya hamkorlikka tayyorligiga ishora qiluvchi hech qanaqa alomat ko‘rmayapmiz”, degan Blinken “agar otashkesim bo‘lsa, u Putinga nafas rostlab olib va qayta qurollanib, yana hujumga o‘tish uchun vaqt berishi”ni urg‘ulagan.

Blinken bayonoti jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi paytlarda Ukraina kelajagi haqida AQSH bilan Rossiya o‘rtasida parda ortida o‘tkazilayotgan muhtamal muzokaralarga oid xabarlar tarqatilayotgani manzarasida yangradi.

Ayni paytda intervyuda Blinken AQSH prezidenti lavozimini tark etayotgan Jo Bayden ma’muriyatining “muvaffaqiyatlar”i haqida so‘z yuritgan. Davlat kotibi fikricha, aynan o‘zi ishlayotgan ma’muriyat sa’y-harakatlari Ukrainaning “oyoqda qolishi”ga imkon bergan, hozirda kuzatilayotgan front chizig‘i esa “endi sezilarli darajada o‘zgarmasa kerak”.

Blinken o‘zi mansub bo‘lgan ma’muriyat eng avvalo Ukraina davlatini qoldirayotgani, chunki Putin bu mamlakatni xaritadan o‘chirib tashlashni istaganini urg‘ulagan.

Biz Putinni to‘xtatib qoldik. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ukraina joyida turibdi. Men uning nafaqat hayotda qolish, balki kelajakda gullab-yashnash potensiali bor, deb o‘ylayman”, degan AQSH Davlat kotibi.

Shu bilan birga, Blinken urush boshidan beri Bayden ma’muriyati “Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga yo‘l qo‘ymaslik uchun” qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini e’tirof etgan.

Intervyu prezident Bayden va uning Blinken doxil butun ma’muriyati vakolatlari muddati tugashiga ikki hafta qolganida chop qilingan.

XS
SM
MD
LG