Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 21:56

Bolgariya va Ruminiya Shengen hududiga kirdi


Bolgariya va Ruminiya Shengen hududining to‘laqonli a’zosiga aylanishdi. 2025-yilning 1-yanvaridan bu mamlakatlar bilan Shengen shartnomasining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi chegaralarda tekshiruvlar bekor qilindi.

Shu tariqa bu ikki mamlakatga Vengriya yoki Gretsiya orqali kirayotgan sayohatchilar yoki yuk mashina haydovchilarining hujjat ko‘rsatishiga hojat qolmaydi.

Avstriya Shengen hududi kengayishiga qo‘yilgan vetoni olib tashlagani ortidan YI mamlakatlari ichki ishlar vazirlari qariyb uch hafta avval bu borada tegishli qarorni qabul qilishgan.

2024-yil martida har ikki davlat Shengen shartnomasiga a’zo bo‘lgan boshqa 27 davlatdan kirilayotganda aeroportlar va dengiz portlarida nazoratdan voz kechgan.

Ruminiya va Bolgariya Yevropa Ittifoqiga 2007-yilda qo‘shilishgan. 2010-yilda ular Shengenga qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan barcha texnik mezonlarni bajarishgan, biroq o‘shanda noqonuniy migratsiyadan xavfsiragan Avstriya qarshiligiga duch kelishgan edi.

XS
SM
MD
LG