Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 23:19

Bosh vazir Aripov kotibiyatiga yangi rahbar tayinlandi. U avval tarmoqlarni bloklagan


Shuhrat Sodiqov 2021-yil kuzida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi bilan bog‘liq mojaro tufayli ATK vaziri lavozimidan bo‘shatilgandi.
Shuhrat Sodiqov 2021-yil kuzida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi bilan bog‘liq mojaro tufayli ATK vaziri lavozimidan bo‘shatilgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq, Shuhrat Sodiqov Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda ma’lum qilgan bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Xidoyatov Shuhrat Sodiqovning bungacha Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelganini qayd etdi.

O‘zbekistonliklar Shuhrat Sodiqovni 2021-yil kuzida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi bilan bog‘liq mojaro tufayli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan haydalgan shaxs sifatida yaxshi eslashadi.

2021-yil 3-noyabrida O‘zbekistonda Telegram, Facebook, YouTube va Odnoklassniki tarmoqlari bloklangani hukumat inqiroziga sabab bo‘lgan, buning ortidan Shuhrat Sodiqovdan tashqari Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov bilan “O‘zkomnazorat” rahbari G‘olibsher Ziyayev ham ishdan bo‘shatilgan edi.

65 yashar Shuhrat Sodiqov 2018-yilda AKT vaziri etib tayinlanguniga qadar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbari (2017−2018-yillar) bo‘lgan. Undan avval esa Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zbektelekom” shirkati bosh direktori vazifalarida ham ishlagan.

Shuhrat Sodiqov Abdurashid Jo‘raboyev o‘rnini egallagan. Avvalroq Ozodlik Abdurashid Jo‘raboyev prezident farmoniga asosan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rais etib tayinlangani haqida xabar qilgan edi.

Президент Администрацияси раҳбарлигидан четлатилган Зайнилобиддин Низомиддинов ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:09 0:00

O‘tgan hafta tarmoqlarda Bosh vazir kotibiyati mudirligiga prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov tayinlanishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istondagi qonli voqealar ortidan lavozimidan bo‘shatilgan Nizomiddinov O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab keladi. Uning hukumatga qaytishi haqida avval ham tasdiqlanmagan xabarlar paydo bo‘lgan.

Zaynilobiddin Nizomiddinov Qoraqalpog‘istonda kamida 18 insonning hayotiga zomin bo‘lgan qonli voqealar ortidan ishdan olingan birinchi va eng yuqori martabali mulozim bo‘lgan.

Nizomiddinovning iste’fosi rasman Qoraqalpog‘istondagi voqealarga bog‘langan yoki yo‘qligi noma’lum.

Ozodlikning O‘zbekiston hukumatidagi manbalari Prezident Administratsiyasi rahbari Qoraqalpog‘istonda qon to‘kilishiga olib kelgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi yangi tahriridagi o‘zgartishlarga bosh-qosh bo‘lganini aytishgan.

Қорақалпоғистон: Қонли намойишлардан бир ой ўтиб кўплаб саволлар очиқ қолмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:58 0:00

Prezident Mirziyoyevning o‘zi 2022-yil 2-iyul kuni Nukusdagi chiqishida kaida 21 insonning umriga zomin bo‘lgan Qoraqalpog‘istondagi voqealar uchun mas’uliyatni mahalliy qonun chiqaruvchilar zimmasiga yuklagandi.

Nizomiddinov 2016-yil sentabrida prezident administratsiyasiga o‘tguniga qadar uzoq yillar Karimov davridagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev ijroiya apparatining rahbari lavozimida ishlab kelgan.

XS
SM
MD
LG