Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 04:38

Braziliya prezidenti jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi


Luis Inasiu Lula da Silva
Luis Inasiu Lula da Silva

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva miyasiga qon quyilishi tufayli San-Paulu shahridagi kasalxonada amaliyotni boshdan kechirdi. U oktyabr oyida o‘z uyida yiqilgani ortidan kasalxonaga yotqizilgan edi. Bu haqda Braziliya hukumati tomonidan 10-dekabr kuni yoyinlangan tibbiy hisobotda aytilgan.

Qayd etilishicha, jarrohlik mudoxalasi muvaffaqiyatli kechgan. 79 yoshli Lula da Silva ayni paytda o‘zini yaxshi his qilyapti va klinika xodimlari nazorati ostida yotibdi. Keyinroq vrachlar boshqa tafsilotlarni ochiqlash uchun matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashmoqda.

Miyaga qon quyilgani Braziliya prezidenti 9-dekabr kuni MRT tekshiruvidan o‘tgan paytda aniqlangan. Tekshiruv prezident boshi og‘riyotganidan shikoyat qilgani ortidan tayin etilgandi.

Lula o‘z uyida yiqilib tushgan oktyabr oyida unda ozroq qon quyilishi va ensa shikastlanishi qayd etilgandi. Bir oydan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tahlillar uning ahvoli barqaror ekanini ko‘rsatgan, deb yozmoqda Reuters.

Oktyabr oyida olgan jarohati tufayli Braziliya prezidenti, jumladan Rossiyada o‘tkazilgan BRICS sammitiga safarini bekor qilishga majbur bo‘lgandi. Dunyodagi rivojlanayotgan eng yirik bozorlar liderlarining uchrashuvi Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha paytda vrachlar Braziliya prezidentiga uzoq masofaga parvozlardan vaqtincha tiyilib turishni maslahat berishgandi.

XS
SM
MD
LG