Линклар

Шошилинч хабар
04 август 2021, Тошкент вақти: 22:47

Bugun - Kumush tug‘ilgan kun...


O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova

Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani asosida 1969 - yili rejissyor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan tasvirga olingan filmda Kumushbibi obrazini yaratib, o‘zbek kinosan’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 2 - iyulda 75 yoshga to‘ldi.

1946 - yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Gulchehr Jamilova 1964 - yil Toshkent xoreografiya bilim yurtini, 1968 - yili esa, Toshkent teatr-san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan.

1966 - yilda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat boshlagan.1987 - yildan 1991 - yilga qadar O‘zbekiston davlat drama teatrida faol xizmat qilgan. 1991 - yilda Hamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatriga qaytgan.

Gulchehra Jamilova Ozodlik eshittirishlarida qatnashib turadi. O‘zbekning suyukli aktrisasi yubileyi munosabati bilan u kishi bilan qilingan suhbatlardan 2015 - yilning sentabrida yozib olinganini tanladik.

"Kumushbibi" Gulchehra Jamilova bilan o‘tkazilgan suhbat uning "Otabegi" O‘lmas Alixo‘jayev haqida edi.

O‘lmas Alixo‘jaev 2015 - yilning 25 - sentabr kuni ertalabki soat 11 lar atrofida uzoq xastalikdan so‘ng olamdan o‘tgan, o‘sha kuni asr namozidan so‘ng Toshkentning Minor qabristoniga dafn etilgan edi.

O‘lmas Alixo‘jayev tuproqqa qo‘yilganidan ko‘p o‘tmay¸ Ozodlik Otabekning Kumushi sifatida tanilgan O‘zbekiston Xalq artisti Gulchehra Jamilova bilan qayta bog‘lanib¸ marhumning inson va san’atkor sifatidagi haëti haqida suhbatlashgandi.

Гулчеҳра Жамилова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:02 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Gulchehra Jamilovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi, suyukli aktrisaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

XS
SM
MD
LG