Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:36

Buxoro NQIZ mahsulotlari endi faqat birja orqali sotiladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarayotgan avtobenzin doxil barcha turdagi neft mahsulotlari 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faqat birja savdolari orqali sotuvga chiqariladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Xabarnomada bugungi kunda O‘zbekistonda tovarlar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini paydo qilish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi unsurlarini tugatish, xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlarning moddiy-texnika resurslar bilan ta’minlanishida teng shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etilgan.

Ayni paytda unda mamlakat aholisining avtobenzinga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingani urg‘ulangan.

“O‘zbekneftgaz” AJ oktyabr oyi oxiridan AI-92 benzinini tovar-xom ashyo birjasiga chiqarishni boshlagan. O‘shanda Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan benzinning bir tonnasi 11,5 million so‘mdan sotilayotgani, biroq benzin narxini pasaytirishga urinilayotgani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG