Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:25

Buxoroda atmosferani bulg‘agan 120 chog‘li mulozim jazolandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Buxoro viloyatida joriy yil boshidan buyon atmosferani ifloslantirganlikda aybdor ko‘rilgan 117 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan. Ular qurilish chiqindilari va boshqa chiqindi turlarini yoqish, dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalarga o‘t qo‘yish kabi huquqbuzarliklarni sodir etishgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Mulozimlar huquqbuzarligi Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarining buzilishiga qarshi o‘tkazib kelinayotgan nazorat reydlari chog‘ida aniqlangan.

Qayd etilishicha, reyd davomida o‘tgan 9 oy ichida viloyat bo‘ylab jami 1 ming 356 nafar fuqaro tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlar jami 332 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi”, deyilgan xabarnomada atmosferani muhofaza qilish talablari buzilishiga qarshi reydlar hali ham davom etayotgani, bu yo‘nalishdagi huquqbuzarliklar javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatilgan.

XS
SM
MD
LG