Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2021, Тошкент вақти: 20:49

“Buyruq eng tepadan kelgan”. Toshkentda yuzlab reklama banneri bir kechada olib tashlandi


Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda

Toshkent shahri ko‘chalarida o‘rnatilgan yuzlab reklama banneri bir kechada olib tashlandi.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi vakilining Ozodlikka aytishicha, o‘zlarini Toshkent shahar hokimligi ishchilari, deb tanishtirgan xodimlar bannerlarni sud qarorisiz, hech qanday hujjat taqdim qilmagan holda buzib tashlagan.

Toshkent ko‘chalarida uch yuzdan ziyod reklama banneri buzib tashlangan “Humo Media” agentligi rahbari Saveliy Sokolov 9 - aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda buni "qonunga zid xatti-harakat" deya baholadi.

“Kecha tunda Toshkent shahar hokimligi xodimlari, MChS xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar prezident trassasida bannerlarni olishni boshladi. “Birinchining buyrug‘i, deb aytishyapti. Lekin hech kim sababini aytmayapti. Hozir bizga xabarlar kelyapti - Yunusobod, Chilonzor va boshqa tumanlarda ham olishayotgan ekan. Bu yerda tadbirkor huquqlari buzilyapti”, - deydi Sokolov.

Toshkentda o‘rnatilgan reklama bannerlari bir kechada demontaj qilindi.
Toshkentda o‘rnatilgan reklama bannerlari bir kechada demontaj qilindi.

Ozodlik reklama bannerlarining nega olib tashlanayotganiga izoh berishni so‘rab¸ Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytidagi matbuot xizmati telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qildi, lekin hech kim ko‘tarmadi.

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod tumani hokimligi rasmiylari Ozodlik so‘roviga javoban bannerlarning buzilganidan bexabar ekanliklarini aytish bilan cheklandi.

Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda.
Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasining ismi ochiqlanmasligini so‘ragan xodimi shahar ko‘chalaridagi barcha reklama bannerlari Toshkent shahar hokimiyati ruxsati bilan o‘rnatilganini aytdi.

- Bizda shu reklama konstruksiyasining kadastri bor. Hokimiyatdan ruxsatnomalar bor. Bu shundoq o‘rnatib qo‘yiladigan narsa emas. Lekin bular bir kunda kelib, reklama banneri konstruksiyasini hech qanday hujjatlarni taqdim qilmagan holda temir-tersak qilib, olib ketmoqda.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent ko‘chalarida 3000 dan ziyod reklama banneri bor.

Ayni paytda LED ekranli bannerlarga tegilmagan.

Тошкент йўлларидан реклама баннерлари олиб ташланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:08 0:00

Milliardlab so‘mlik zarar

“Humo Media” reklama agentligi rahbari Saveliy Sokolov bannerlarning ogohlantirishsiz olinishi ularga kuniga millionlab so‘m zarar keltirishini aytdi.

- Ikki taraflama ekranli bannerlar konstruksiyasining o‘zi 30 million so‘m atrofida. Reklama beruvchilar har bir banner uchun oyiga 3 million so‘m to‘laydi. Har bir tarafi oyiga 1 yarim million so‘m. Ko‘pchiligi bilan bir yillik shartnomalarimiz bor. Hozir ular shartnomani bekor qilib, pulni qaytarib berishni so‘rashni boshlaydi. Bu yerda milliardlab so‘mlik shartnomalar haqida gap ketyapti. Biz bu pullarni bannerlar modernizatsiyasi uchun sarflab yuborganmiz. O‘z navbatida¸ tushgan foydadan hokimiyatga soliq ham to‘lab kelganmiz. Viloyatdan kelgan ishchilar, kranchi, payvandchilar oylik olib o‘tirgandi. Shuncha odam ishsiz qolyapti, - deydi Sokolov.

Тошкент йўлларидан реклама баннерлари олиб ташланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00

Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi toshkentlik faol Umid Mo‘ydinov Ozodlik bilan suhbatda¸ bu “vandallik” yuzasidan O‘zbekiston prezidenti huzurida tashkil etilgan Tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvchi biznes-ombudsmanga shikoyat qilish niyatida ekanini bildirdi.

“Sudlarga, biznes-ombudsmanga shikoyat kiritamiz, chunki qonun buzilyapti, oqibatda tadbirkorlar zarar ko‘ryapti”, - deydi Mo‘ydinov.

“Humo Media” rahbari Saveliy Sokolov esa, shikoyat qilishdan natija chiqishiga ko‘zi yetmasligini aytadi.

“Chunki buyruq birinchining o‘zidan kelyapti, shuning uchun biron natija chiqishiga ko‘zimiz yetmayapti. Menga aytishyapti, buyruq eng tepadan”, - deydi Sokolov.

Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda
Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda

Birinchi marta emas

Toshkentda reklama bannerlarining ogohlantirishsiz olinishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. O‘tgan yili poytaxtning Kichik xalqa yo‘li va Samarqand yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan o‘nlab banner olib tashlangandi.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi bannerlar olib tashlanishiga norozilik sifatida Toshkent ko‘chalarida "Har bir reklama vositasi xususiy mulkdir, "O‘zavtoyo‘l", tadbirkorlarga xalaqit qilmang!" deb yozilgan ijtimoiy reklamalarni o‘rnatgan.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi bannerlar olib tashlanishiga norozilik sifatida Toshkent ko‘chalarida "Har bir reklama vositasi xususiy mulkdir, "O‘zavtoyo‘l", tadbirkorlarga xalaqit qilmang!" deb yozilgan ijtimoiy reklamalarni o‘rnatgan.
O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi bannerlar olib tashlanishiga norozilik sifatida Toshkent ko‘chalarida "Har bir reklama vositasi xususiy mulkdir, "O‘zavtoyo‘l", tadbirkorlarga xalaqit qilmang!" deb yozilgan ijtimoiy reklamalarni o‘rnatgan.

Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi toshkentlik faol Umid Mo‘ydinov o‘shanda hukumat rasmiylari bannerlar sud qarorisiz olinmasligiga kafolat berishganinini eslaydi.

“Banner olinishi uchun sud qaror chiqarishi kerak. Bir yil oldin hokimlik rasmiylari bunaqa bespredel boshqa bo‘lmasligiga so‘z berishgandi. Bir yil o‘tdi. Reklama agentliklari pandemiya davrini boshdan kechirdi. Juda og‘ir vaziyatga tushdi ko‘chpchiligi. Kecha yana hech qanaqa ogohlantirishsiz, hech qanaqa qog‘ozsiz buzishni boshlashdi”, - deydi Mo‘ydinov.

Reklama bannerlari o‘rnatilgan yo‘llar chetidagi hudud O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga qaraydi.

Ushbu qo‘mita O‘zbekiston prezidentining 2019, 9 - dekabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Transport vazirligi qoshida tashkil etilgan.

Qarorning 6-bandida “umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) Qo‘mita ruxsati asosida qurilishi” aytilgan.

O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Ozodlikka bannerlarning olib tashlanishi masalasida ma’lumotga ega emasligini aytdi.

XS
SM
MD
LG