Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:07

Byudjet defitsiti ilk chorakdayoq qariyb 20 trln so‘mga yetdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat byudjeti defitsiti 19,8 trillion so‘mdan (taqriban 1,56 mlrd AQSH dollari) oshgan. Bu haqda Gazeta.uz nashri Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qildi.

Nashr buning so‘nggi 12 yil ichidagi rekord ko‘rsatkich ekaniga e’tibor qaratgan hamda raqamlar 2023-yilning birinchi choragiga nisbatan 1,7 barobar, 2022-yilga nisbatan esa qariyb 20 barobar ko‘p ekanini urg‘ulagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan yilning 25-dekabri kuni imzolangan 2024-yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, davlat byudjeti daromadlari 270,4 trillion so‘mni, xarajatlar 280,7 trillion so‘mni tashkil etishi, defitsit esa 10,3 trillion so‘m bo‘lishi kutilayotgan edi. Biroq byudjet defitsiti ilk chorakning o‘zida yillik kutilmadan qariyb ikki baravar oshib ketgani bu borada savollarni paydo qilgan.

XS
SM
MD
LG