Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 12:31

Chexiyaning Most shahridagi restoranda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


Portlash sodir bo‘lgan joy
Portlash sodir bo‘lgan joy

Chexiya shimoli-g‘arbida joylashgan Most shahridagi restoranlardan birida sodir bo‘lgan portlash natijasida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 8 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Agentlik qaydicha, portlash 11-yanvar oqshomida sodir bo‘lgan. Mamlakat ichki ishlar vaziri Vit Rakusan Chexiya radiosiga hodisaga, aftidan, restoran oldidagi bog‘da ag‘darilgan propan-butan isitgichi sabab bo‘lganini aytgan. OAV xabarlariga ko‘ra, bu versiyani voqea guvohlari ham tasdiqlashgan.

BILD nashri “U Kojota” restoranida sodir bo‘lgani haqida yozgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 8 jabrlanuvchidan olti nafarining ahvoli og‘ir – ular Pragadagi kasalxonalarga yetkazilgan. Politsiya hodisa sabablari yuzasidan tergov boshlagan.

Portlash chog‘ida binoda 20 ga yaqin mijoz bo‘lgan, restorandan va uning atrofidagi binolardan 30 kishi evakuatsiya qilingan. Xususan, o‘t o‘chiruvchilar “vannaxonada qamalib qolgan” va jiddiy yaralagan restoran mijozlaridan birini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

XS
SM
MD
LG