Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:43

Chiqindi qarzi uchun elektr to‘lovini cheklash taklif etilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qattiq chiqindi xizmatidan qarzdorlarning elektr energiyasi uchun to‘lovini cheklashga doir qonun loyihasini muhokama qilmoqda.

Quyi palata matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, fraksiya miqyosida ko‘rib chiqilayotgan loyihada chiqindi to‘lovidan qarzdorlarni SMS orqali xabardor qilib borish, ogohlantirishdan keyin ham to‘lov amalga oshirilmasa, elektr energiyasi uchun to‘lovni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash nazarda tutilgan.

Rasmiy statistikaga qaraganda, hozirda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitor qarzdorlik 596 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu raqam yil boshiga qaraganda 115 milliard so‘mga ortgan.

Qarzni undirish to‘g‘risidagi arizalarni sudlarga kiritish bo‘yicha Ekologiya vazirligining hududiy organlariga yuklangan vazifa ham amaliyotda o‘z samarasini bermagani aytilmoqda.

Mahalliy faollar mamlakatda energobo‘hron kuzatilayotgan paytda parlamentning ta’minotdagi uzilishlarni emas, balki to‘lov masalasini muhokama qilayotganini tanqid qilgan.

Jumladan, iqtisodchi Otabek Bakirov chiqindi to‘lovlarining o‘zi barqaror bo‘lmagan elektr ta’minotiga bog‘lanishini “juda bahsli” deb hisoblaydi.

“Baraka topgurlar, hechqursa avval elektr ta’minoti uzluksizligini barqarorlashtirib olinglar, keyin chiqindi to‘lovini bog‘lash haqida o‘ylanglar. Ya’ni avval zamonamiz qahramoni vazir Mirzamahmudovni chaqiringlar-chi, so‘ranglar, qachon elektr ta’minoti uzluksiz va barqaror bo‘ladi?” deya deputatlarga e’tiroz bildirgan O.Bakirov.

XS
SM
MD
LG