Линклар

Шошилинч хабар
14 май 2021, Тошкент вақти: 22:59

CIT: Rossiya Pskovdagi havo-desant diviziyasini Qrimga tashlamoqda


Rossiya qo‘shinlarining harbiy-o‘quv mashqlari - 2018

Rossiya o‘zining havo-desant qo‘shinlari (HDQ)ga qarashli Pskov diviziyasi askarlarini anneksiya qilingan Qrim yarimoroliga tashlashni boshladi. Conflict Intelligence Team (CIT) guruhining bu haqdagi xabari Rossiya tomoni Ukraina bilan chegara yaqinida qo‘shin to‘playotgani manzarasida yangramoqda.

10 - aprel oqshomida YouTube’da Simferopoldan shimoli-sharqda joylashgan Nijnegorskaya temir yo‘l bekati tomon yo‘nalgan eshelon videotasviri e’lon qilingan edi. Tashilayotgan harbiy texnika desantchi qo‘shinlarga oidligi aytilmoqda.

7 - aprel kuni TikTok’da ham platformalarda terilgan harbiy texnikalar aks etgan video tarqalgan edi. Izohlarda ushbu lavha Pskov viloyatida tasvirga olingani haqida so‘z boradi. CIT guruhi video geomanzilini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

“Ikkala videodagi o‘rmalama zanjirli harbiy texnika vositalarini qiyoslab, Pskovda hamda Qrimda tasvirga olinganlar aynan bir eshelon ekanligini aniqladik. Pskov viloyati va unga tutash hududlarda 76-gvardiya desant-ishg‘ol diviziyasi joylashgan. Avvalroq biz diviziyaga tegishli texnika Qrimga jo‘natilayotgani haqida yozgan edik. O‘shandan beri Pskovdan Simferopolga yo‘l olgan vagonlar bizdan boshqa surishtiruvchilar tomonidan ham namoyish qilindi”, — deya qayd etadi CIT ekspertlari.

Harbiy mashinalar yuklangan poyezdlar sonidan diviziya harbiy texnikalari va shaxsiy tarkibining kattagina qismi Qrimga yo‘llanganini taxmin qilish mumkin. Biroq bu Simferopoldan shimolda qayd etilgan birinchi holatdir.

Aksari mashinalarning bort raqamlari ko‘rinmaydi — ustiga bo‘yoq surib tashlangan. Surishtiruvchilarning fikricha, mazkur holat — harbiy texnikalarning kelgusida donbasslik bo‘lginchilarga sovg‘a qilinishidan ko‘ra, umumiy harbiy niqoblanish zarurati bilan izohlanadi.

8 - aprelda Conflict Intelligence Team guruhi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni tahlil qilib, Rossiya harbiylari Ukraina chegaralaridan taxminan 250 chaqirim ichkarida, Voronej viloyatidagi dala jamlog‘ida to‘planishgan, degan xulosaga keldi. 2014-2015 - yillarda rossiyalik harbiylar jamlog‘i chegaraga ancha yaqin joylashgandi.

Россия Украина билан чегарадош ҳудудларга қўшин тўплай бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:36 0:00

CIT foto va videolavhalarda aks etgan harbiy texnikalarning katta qismi Markaziy harbiy okrugga mansubligini aniqladi. Ular yuzlab, minglab chaqirim olisdan tashib kelinmoqda.

CIT surishtiruvchilari taxminiga ko‘ra, jamloq "Pogonovo" poligonining shimoliy qismidan o‘rin olgan — u yerdan Ukrainaning Lugansk va Xarkov viloyatlarigacha salkam 250 kilometr keladi. Mahalliy aholi harbiylarning aholi uylari bilan yonma-yon joylashgani to‘g‘risida yozishmoqda.

Bundan tashqari, Voronej viloyatining Ostrogojsk shahri atrofiga (Ukraina chegaralaridan 150 chaqirim) ham harbiylar ko‘chirib keltirilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

So‘nggi kunlarda Rossiya o‘z qo‘shinlarining ko‘chirilishi hech kimga xavf solmasligini aytmoqda. Ayni paytda Ukraina Donbass bo‘lginchilariga hujum qilgudek bo‘lsa, “oqibati yomon bo‘lishi”dan ogohlantirdi. Putin administratsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari (postsovet hudud bo‘yicha kurator) Dmitriy Kozak: “Agarda Kiyev Donbassda jangovar harakatlarni boshlab yuborsa, bu “Ukraina intihosining ibtidosi” bo‘ladi”, deb ochiq aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva urush ko‘lamidan kelib chiqib, “o‘z fuqarolari himoyasi”ga otlanishga majbur bo‘ladi. Donetsk va Lugansk viloyatlarining Ukraina nazorat qilmaydigan rayonlarida Rossiya pasportini olganlar salmog‘i allaqachon bir necha yuz mingdan oshgan. Kiyev ularning Rossiya fuqaroligiga o‘tganini tan olmaydi.

Jurnalistlar 2014 - yilda 76-sonli diviziyaning bir necha harbiy xizmatchisi Donbassda ukrain harbiylariga qarshi janglarda halok bo‘lganini aniqlashgan edi. Rossiya hukumati esa, ularning o‘lganini tan olmagan yoki harbiylari go‘yoki xizmatdan bo‘shatilganidan so‘ng yoxud “ta’til vaqtida” o‘lganini iddao qilgan.

XS
SM
MD
LG