Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:09

Damashqda eronlik ikki general o‘ldirildi


Joriy yil 1-aprelidagi havo zarbasi oqibatida o‘ldirilgan brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy
Joriy yil 1-aprelidagi havo zarbasi oqibatida o‘ldirilgan brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy

Suriya poytaxti Damashq shahrida Eron elchixonasi konsullik binosiga Isroil tomonidan berilgani taxmin havo zarbasi oqibatida Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) ikki generali o‘ldirilgan.

ISNA agentligi xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar orasida IIPKning “Al-Quds” bo‘linmasidagi asosiy qo‘mondonlardan biri, brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari, brigada generali Muhammad Xodiy Rahimiy va ularning besh nafar xizmatdoshi bor. Eron vakillari ularni Suriyadagi harbiy maslahatchilar ekanini aytishgan.

Ozodlikning Eron xizmati xabariga ko‘ra, elchixona binosiga aviazarba mahalliy vaqt bilan 17 lar atrofida berilgan. Voqea joyidan olingan fotosuratlarda elchixona binosi to‘la vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Vayron etilgan konsullik binosi elchixona binosining yonida joylashgan edi
Vayron etilgan konsullik binosi elchixona binosining yonida joylashgan edi

Suriya Mudofaa vazirligi Isroil uchoqlari G‘o‘lon tepaliklari tarafidan zarba berishgan. Iddaoga ko‘ra, Suriya havodan mudofaa tizimi Isroilning bir necha raketasini urib tushirgan. Hujum chog‘ida elchixonaning ikki qo‘riqchisi ham yaralangan.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon elchixonaning konsullik bo‘limiga berilgan zarbani “mavjud bo‘lgan barcha xalqaro konvensiyalarning buzilishi” deb atagan. TIV vakili Nosir Kan’oniy Tehron “hujumga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishi”ni bildirgan. Isroil hujum yuzasidan hali izoh bergan emas.

2020-yili Bag‘dodda AQSH tomonidan berilgan raketa zarbasi natijasida “Al-Quds” bo‘linmasi rahbari general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi. Bu mintaqadagi vaziyat keskinlashib ketishiga olib kelgandi. O‘shanda Eronga aloqador guruhlar AQSH harbiy bazalariga bir necha bor hujum uyushtirishgan, Tehron o‘z yadro dasturini xalqaro nazorat ostiga qo‘yuvchi yadroviy bitim bo‘yicha cheklovlarni bajarishdan bosh tortgan edi.

Islom inqilobi posbonlari korpusi Eron siyosati va iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sirga ega. Rasman armiya tarkibiga kirgan korpus fe’lan havo va dengiz kuchlari doxil o‘z qo‘shinlariga ega. Eron raketa dasturini ham nazorat qiladigan IIPK mamlakat prezidentiga emas, balki uning ruhoniy lideri — oyatulloh Ali Xomanaiyga bo‘ysunadi.

AQSH rasmiylari IIPKni terror tashkiloti deb tan olishgan. Oq uy matbuot xizmati Karin Jan-Per prezident Bayden komandasi Damashqdagi voqealarga oid “masalani o‘rganayotgani”ni ma’lum qildi, deya xabar qilgan “Amerika ovozi”.

Maqtul general Muhammad Rizo Zohidiy nomi BMTning Erondagi 15 nafar yuqori lavozimli harbiy va siyosiy arbobdan iborat “qora ro‘yxati”ga kiritilgan. Bu shaxslar Tehronning yadroviy va raketa dasturlari ishlab chiqilishiga aloqadorlikda gumonlanishadi.

XS
SM
MD
LG