Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:49

Diniy sohadagi davlat siyosatiga doir qonun qabul qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilinib, tasdiq uchun Senatga yuborildi.

Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya 31-yanvardan 9-fevralga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.

Quyi palatadagi muhokamalarda qayd etilishicha, konsepsiya loyihasi bo‘yicha aholidan 400 tadan ziyod izoh, taklif va tavsiyalar kelib tushgan, ularning 200 dan ortig‘i ijobiy. Shuningdek, 6 -evral kuni Qonunchilik palatasida 16 ta konfessiya vakillari bilan konsepsiya loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Quyi palata yalpi majlisida so‘zga chiqqan deputatlar ushbu muhim hujjat maromiga yetkazib ishlangani, keng jamoatchilikning taklif-mulohazalari asosida yanada takomillashtirilganini ta’kidlashgan.

Ayni paytda Kun.uz nashri muhokamalarda qoldirilgan ayrim tanqidiy fikrlar inobatga olinmagani haqida yozgan.

Jami 141 nafar deputat hujjat qabul qilinishga rozi bo‘lgan, 1 nafari betaraf qolgan, 2 kishi ovoz bermagan. Konsepsiyani qabul qilishga birorta ham deputat qarshi bo‘lmagan.

Konsepsiya loyihasi senatorlar tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagach kuchga kiradi.

Qirq bir banddan iborat konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifa, prinsip va ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan, diniy sohadagi davlat siyosati qonuniylik, vijdon erkinligi, dinning davlatdan ajratilganligi, tenglik, erkin fikrlash, dinlararo muloqot va o‘zaro tushunish kabi asosiy prinsiplarga tayanishi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG