Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:14

Diniy voiz Solixon Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan diniy voiz Solixon Ortiqxo‘ja5ev 15 sutkaga qamalgan. Bu haqda Kun.uz nashri Toshkent shahar sudidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Qayd etilishicha, sud Solixon Ortiqxo‘jayevning O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganiga qanoat hosil qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi keskin chiqishlari tufayli Solixon Ortiqxo‘jayev avval ham O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan, 2022-yilning yanvar oyida esa Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Fath” jome masjidining imom noibi vazifasidan bo‘shatilgan edi.

XS
SM
MD
LG